Kontent qismiga oʻtish

Bionavigatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moʻljalga olishdan yoʻnaltirildi)

Bionavigatsiya (bio... va lot navigatio — suzish), moʻljalga olish— hayvonlarning doimiy qishlov va koʻpayish joyiga mavsumiy koʻchib yurishi (migratsiya) davrida yoki yashaydigan joyni topishida oʻz harakat yoʻnalishini tanlay olish (xoming) krbiliyati. B. sezgi organlari hamda irsiy mustahkamlangan reaksiyalar — instinkt orqali amalga oshadi. Instinkt birinchi marta migratsiya qilayotgan hayvonlarda ayniqsa katta ahamiyatga ega. B. qushlar bilan bir katorda uzoq masofaga koʻchib yuradigan baliklar, sut emizuvchilar (shim. bugʻulari, dengiz mushuklari, kitlar), ayrim sudralib yuruvchilar (dengiz toshbaqalari) uchun ham xos. B.da hayvonlar osmon jismlari (quyosh, yulduzlar), geografik moʻljallar (daryo, balandlik, togʻ, qirgʻoq), Yerning magnit maydoni (kaptarlar) va boshqalardan foydalaniladi. Koʻpchilik hayvonlar yorugʻlikning qutblanish (polyarizatsiya) darajasi, ultrabinafsha nurlanish, atmosfera bosimining oʻzgarishini sezadi. Suv hayvonlari dengiz oqimlari, suvning kimyoviy tarkibi (shoʻrlanish darajasi) va boshqalardan B.da foydalanadi. B. mexanizmlari yaxshi oʻrganilmagan boʻlib, koʻp hollarda hayvonlar B.da bir vaqtning oʻzida bir necha omillardan foydalanishi toʻgʻrisida taxmin qilinadi. Toʻgʻri yoʻlni tanlashda migratsiya qilayotgan guruxdagi hayvonlarning oʻzaro munosabatlari juda katta ahamiyatga ega (qarang Hayvonyaar oriyentatsiyasi).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil