Kontent qismiga oʻtish

Akbar Moʻminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moʻminov Akbar Nishonovichdan yoʻnaltirildi)

Akbar Nishonovich Moʻminov (1935.5.12, Andijon) — raqqos, baletmeysterrej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1955), Moskva teatr sanʼati institutini (1965) tugatgan. Oʻzbekiston ashula va raqs ansamblida (1965—68), Oʻzbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1968— 69), Samarqand opera va balet teatrida (1969—75), "Shodlik" ansamblida bosh baletmeyster (1976—78). 1978—97 yillar Toshkent madaniyat institutida pedagog, 1997-yildan Toshkent milliy rake va xoreografiya oliy maktabida oʻqituvchi, 2001-yildan "oʻzbek raqsi" kafedrasi mudiri. "Franchesko da Rimini" (P. Chaykovskiy), "Samarqand afsonasi" (G. Mushel), "Gulsanam" (M. Yusupov), "Sevgi taronasi" (F. Bahor) kabi baletlarni, "Zafar" (H. Rahimov), "Oyjamol" (I. Hamroyev), "Tohir va Zuhra" (T. Jalilov, B. Brovsin), "Nodirabegim" (X. Sultonov) singari musiqali drama spektakllarning raqslarini sahnalashtirgan. M. yirik sahna asarlaridan tashkari ommaviy va yakka raqs sahnalarini yaratgan ("Jon Oʻzbekiston" raqs-syuita, "Yigitlar raqsi", "Navroʻz", "Dugonajonim", "Munojot", "Keldimu", "Choʻponlar", "Terimchi qiz", "Hilola" va boshqalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil