Kontent qismiga oʻtish

Vafo Moʻminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moʻminov Vafo Arabovichdan yoʻnaltirildi)

Vafo Arabovich Moʻminov (1927. 12.12, Shofirkon tumani — 1989.11.9, Buxoro) — fizik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), fizikamat, fanlari doktori (1979), professor (1981). Samarqand Davlat Universitetini tugatgan (1948). Samarqand Davlat Universitetida (1948—50), Fargʻona pedagogika institutida (1951—57) pedagog. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1957—69), direktor oʻrinbosari (1969—79), Buxoro pedagogika instituti rektori (1979—86) va umumiy fizika kafedrasi mudiri (1986—89). Ilmiy ishlari, asosan, yadro fizikasiga oid. Uning rahbarligida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutidagi U-150 siklotron bazasida tezlashtirilgan zaryadli zarralar dastasi yordamida moddalarning element tarkibini taxlil qilish uchun noyob ilmiy uskunalar va uslublar kompleksi yaratildi va katta hajmdagi tahliliy tadqiqotlar olib borildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil