Kontent qismiga oʻtish

Moddiy farovonlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Moddiy Farovonlikdan yoʻnaltirildi)

Moddiy farovonlik - jamiyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruxlarning moddiy neʼmatlar bilan taʼminlanganligi; kishilar moddiy ehtiyojlarining krndirilish darajasi.

Gʻarb mamlakatlari amaliyotida Moddiy farovonlik aholi daromaddari darajasi bilan bogʻlanib, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) koʻrsatkichi asosida izohlanadi. Moddiy farovonlikni xalqaro taqqoslashlar uchun ham YAIM koʻrsatkichi qabul qilingan. Biroq, YAIM mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim koʻrsatkichi boʻlsada, Moddiy farovonlikni, uning moddiy asosini aniq va toʻla ifodalamaydi.

Har qanday jamiyatda kishilar Moddiy farovonlikning moddiy asosi shu mamlakat ning millim moddiy boyligidir. Jamiyatning, kishilarning Moddiy farovonlik ularga tegishli boʻlgan, ular ixtiyoridagi moddiy neʼmatlar yigʻindisiga hamda joriy moddiy ishlab chiqarish darajasiga, olinayotgan daromadlarga, isteʼmol qilinayo-tgan moddiy neʼmatlar miqdori va sifatiga bogʻliq.

Har bir muayyan davrda butun jamiyatning, uning barcha aʼzolarining eng muhim moddiy ehtiyojlari, yaʼni hayotiy makonga va tabiiy resurslarga, ishlab chiqarish vositalariga va isteʼmolbop neʼmatlarga boʻlgan moddiy ehtiyojlari shu jamiyatda mavjud boʻlgan jami moddiy-ashyoviy boylik bilan qondiriladi. Jamiyatning, kishilarning tabiiy va ishlab chiqarilgan moddiy neʼmatlar bilan umuman va aholi jon boshiga taʼminlanganligi ular moddiy farovonligining asosidir. Shuning uchun hozirgi paytda dunyoda har bir mamlakat milliy boyligini, shu jumladan, milliy tabiiy va ishlab chikarilgan boyligini hisoblashga alohida ahamiyat berilmoqda (qarang Milliy boylik). Moddiy ashyoviy boylik tarkibidagi tabiiy boylikning va ishlab chiqarilgan (jamgʻarilgan) boylikning alohidaalohida hisobga olinishi, tabiiy boyliklarni asrab-avaylab, undan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish va jamgʻarilgan boylikning uzluksiz kengaytirilgan takror ishlab chikarilishi va koʻpaytirilishi Moddiy farovonlikni sakdash va oshirishning eng muhim shartidir.

Moddiy-ashyoviy boylikning hajmi va sifati, uning aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda Moddiy farovonlik ham, moddiy ishlab chiqarish samaradorligi ham, aholi daromadlari ham, isteʼmol darajalari ham yuqoridir. Biroq, Gʻarb mamlakatlari statistikasi va iqtisodchilarining eʼtirof etishlaricha, rivojlangan mamlakatlarning koʻpchiligida boylikning va daromadlarning aholi oʻrtasida taqsimlanishi favqulodda yoki juda notekisdir. Kam rivojlangan va postsotsialistik mamlakatlarning koʻpchiligida milliy moddiyashyoviy boylik aholi jon boshiga juda past darajada. Shuning uchun ham dunyoda 1,2 mlrd.dan ortiqroq kishi juda ham kambagʻallikda, qashshokdikda yashamoqda.

Milliy boylikni saqlash va koʻpaytirishda va shu yoʻl bilan Moddiy farovonlikni taʼminlashda va oshirishda davlat va uning milliy ijtimoiy-iqtisodiy siyosati muhim oʻrin tutadi. Davlat bu-yurtmalari va investitsiyalari ish joylarini koʻpaytirishga, aholi daromadlarining oʻsishiga ijobiy taʼsir etadi. Soliqlarning va davlat harajatlarining optimallashtirilishi esa soliq yukini kamaytiradi, kishilar ixtiyoridagi daromadlarni koʻpaytiradi va Moddiy farovonlikga ijobiy taʼsir etadi. Shu bilan birga Moddiy farovonlik va isteʼmol boʻyicha optimal normativ va normalari, aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi va dasturlarining takomillashtirilishi katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda mamlakatdagi barcha tabiiy neʼmatlar (yerlar, yer osti va yer usti boyliklari va boshqalar) umumilliy mulkka, boylikka aylandi, jamiyat aʼzolari esa uning hammulkchilari boʻlib qoldilar. Shu bilan birga, ular xususiylashtirilgan korxonalarning mulkchilariga aylandilar; yerga va boshqa mulklarga ijara asosida egalik joriy etildi; yerlar yakka, GURUH, shirkat, jamoa, korporativ xoʻjalik yuritish uchun, fermerlik va dehqon xoʻjaliklari tashkil etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga taqsimlab berildi. Mamlakatning ishlab chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklari koʻpaydi va takomillashdi; aholining nominal va real daromadlari oʻsdi, kundalik isteʼmolbop mollar va uzok, muddat foydalaniladigan tovarlar bilan taʼminlanganligi oshdi. Shu bilan birga aholining keskin va katta darajada tabaqalanishining oldini olish hamda milliy moddiy boylik va farovonlikni kjsaltirish boʻyicha izchil ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda.

  • Karimov I.A., Ozod va obod Vatan, erkin va farovon qayot—pirovard mak,sadimiz, T.; 2000; Menkyu N. Gregori, Prinsipi Ekonomiks. Per.s angl. Sank-Peterburg, 1999; Samuelson P.A., Nordxaus V., Ekonomika, 15-ye izd., Per.s. angl., M., 2000.

Erlis Aliqulov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil