Kontent qismiga oʻtish

Moddiy resurslar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Moddiy Resurslardan yoʻnaltirildi)

Moddiy resurslar - iqtisodiyot taraqqiyoti va ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur boʻlgan moddiy-ashyoviy neʼmatlar yigʻindisi, moddiy-ashyoviy shakldagi iqtisodiy resurslar. Moddiy resurslarga tabiiy boyliklar, materiallar, mashina-mexanizmlar, bino-inshootlar, asbob-uskuna va qurilmalar kiradi. Moddiy resurslar ishlab chiqarishning buyumlashgan yoki moddiy omilini tashkil qiladi.

Moddiy resurslar ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi, maʼlum mahsulot turini yaratishda oʻzining dastlabki koʻrinishini oʻzgartirib, ishlab chiqarish yoki shaxsiy isteʼmol uchun yarokdi boʻlgan mahsulot koʻrinishini oladi. Moddiy resurslar mavjudligi jihatidan 2 ga boʻlinadi: amalda ishlatilayotgan Moddiy resurslar (mas, tabiiy boyliklar Moddiy resurslar sifatida hisobga olinishi, qazib olinib, qayta ishlanishi va tayyor mahsulotga yoki xom ashyoga aylantirilishi); ishlatilishi kelajaqda koʻzda tutilgan Moddiy resurslar

Moddiy resurslar bir mamlakat doirasida tarkiban har xil miqdor va darajada boʻlishi mumkin. Ular Yer yuzida tekis taqsimlanmagan va cheklangan miqdorda mavjud. Moddiy resurslarning kamyobligi umumiy hodisa. Yer osti va yer usti boyliklarining cheklanganligi energiya resurslarining yetishmasligida oʻz aksini topali. Mas, keyingi 100 yil ichida Yer kurrasida aholi soni qariyb 3-martaga oshdi, lekin moddiy zaxiralar koʻpaygani yoʻq.

Moddiy resurslarcheklangani bois ulardan tejamkorlik bilan foydalanish, Moddiy resurslarni ishlatishda noanʼanaviy yoʻllarni qoʻllash, fantexnika taraqqiyoti natijalaridan unumli foydalanib, tejamkor texnologiyalarni yaratish va qoʻllash muhim ahamiyatga ega.

Rustam Hasanov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil