Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati
Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlandi. Hukumat qarori bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi.
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-sonli qaroriga muvofiq qabul qilindi[1].
Qarorga muvofiq, respublika boʻyicha jami 8208 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari mavjud boʻlib, shundan 4748 tasi arxeologiya yodgorliklari 2250 tasi arxitektura yodgorliklari, 678 tasi monumental sanʼat yodgorliklari, 532 tasi diqqatga sazovor joylardir. Ushbu qarorning 2-ilovasiga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrlagi 335-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi[2].
Jumladan, 846-son qarorning 2-ilovasi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi: „Milliy roʻyxatga kiritilgan obyektlarga tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin emas, xususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno“.
Roʻyxat boʻyicha kamchiliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavjud boʻlmagan va yoʻqotilgan obyektlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roʻyxatga kiritilgan obyektlarning ayrimlari mavjud boʻlmaganligi[3], roʻyxatga kiritilishidan oldin yoki keyin buzilib yoʻq qilinganligi aniqlangan.
№ | Obyektlar | Joylahgan oʻrni | Izoh |
---|---|---|---|
1 | Mir Baqoboy madrasasi | Buxoro viloyati, Buxoro | 2009—2010-yillarda buzib yoʻq qilib yuborilgan[4][5] 2015-yilda kapital taʼmirdan chiqarish maqsadida mablagʻ ajratilgan[6]. Roʻyxatga 2019-yilda boshqa "Mir Boqiy Tim madrasasi" nomi ostida kiritilgan[7]. |
2 | Toshkent boʻyicha 4 ta obyekt | Toshkent | Obyektlarning mavjud emasligi Senat tomonidan aniqlangan[3]. |
3 | Xoʻja Porso masjidi | Fargʻona viloyati, Margʻilon | Roʻyxatga boshqa "Xoʻja Forso masjidi" nomi ostida kiritilgan obyekt[7] 2021-yilda buzib yoʻq qilingan[8]. |
Koʻrsatilgan manzilda yoʻq obyektlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roʻyxatga kiritilgan obyektlarning ayrimlari koʻrsatilgan manzilda yoʻqligi yoki manzili notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlangan[3].
Notoʻgʻri nom bilan kiritilgan obyektlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Obyektlar | Joylahgan oʻrni | Izoh |
---|---|---|---|
1 | Mir Baqoboy madrasasi[4][5]. | Buxoro viloyati, Buxoro | Roʻyxatga boshqa "Mir Boqiy Tim madrasasi" nomi ostida kiritilgan[7]. 2009—2010-yillarda buzib yoʻq qilib yuborilgan[4][5] |
2 | Xoʻja Porso masjidi[8] | Fargʻona viloyati, Margʻilon | Roʻyxatga boshqa "Xoʻja Forso masjidi" nomi ostida kiritilgan obyekt[7] 2021-yilda buzib yoʻq qilingan[8]. Asl nomi "Isaboy hoji" edi. |
3 | Abduhafizboy madrasasi[9] | Buxoro viloyati, Buxoro | Roʻyxatga boshqa "Hotam Hindu madrasasi" nomi ostida kiritilgan[7]. |
4 | Saroyi tash madrasasi[10] | Buxoro viloyati, Buxoro | Roʻyxatga boshqa "Tosh Saroy madrasasi" nomi ostida kiritilgan[7]. |
5 | Turkman madrasasi[11] | Buxoro viloyati, Buxoro | Roʻyxatga boshqa "Turkmen madrasasi" nomi ostida kiritilgan[7]. |
6 | Mirzo Haydari poyon masjidi[12] | Buxoro viloyati, Buxoro | Roʻyxatga boshqa "Siyohgaron masjidi" nomi ostida kiritilgan[7]. |
7 | Xullabofon masjidi[13] | Buxoro viloyati, Buxoro | Roʻyxatga boshqa "Quyi Murgʻ Qush masjidi" nomi ostida kiritilgan[7]. |
8 | Kokilai kalon masjidi[14] | Buxoro viloyati, Buxoro | Roʻyxatga boshqa "Kokuli kalon masjidi qoldiqlari" nomi ostida kiritilgan[7]. |
9 | Ulugʻbek tamokifurush karvonsaroyi[15] | Buxoro viloyati, Buxoro | Roʻyxatga boshqa "Mirzo Ulugʻbek tamokifurushon karvonsaroyi (qoldiqlari)" nomi ostida kiritilgan[7]. |
10 | Rossiya imperatorligining Siyosiy agentligi binosi | Buxoro viloyati, Kogon | Roʻyxatga boshqa "Harbiy qism shtabi binosi" nomi ostida kiritilgan[7]. |
Kadastr hujjatlari boʻlmagan obyektlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Roʻyxatga kiritilgan obyektlarning ayrimlarining kadastr hujjatlari boʻlmaganligi aniqlangan[3][16].
Arxeologiya yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arxitektura yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monumental sanʼat yodgorliklari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrdagi 335-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „«Madaniy meros obyektlarini saqlashning shaffof huquqiy mexanizmini yaratish kerak» — Tanzila Narbayeva“. Gazeta.uz. Qaraldi: 2021-yil 4-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Медресе (снесённое) Ходжа Мулло Мир Бако, Мактаб (снесённое) Тупхона“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Медресе Ходжа Мулло Мир Бако“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
- ↑ „Государственная программа по исследованию, консервации, реставрации и приспособлению для современного использования объектов культурного наследия г. Бухары до 2020 года“. Nrm.uz. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
- ↑ 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 7,11 „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Margʻilondagi qadimiy Xoʻja Porso jome masjidi nega buzib tashlandi?“. Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
- ↑ „Медресе Абдулхафизбой.“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Медресе Саройи Таш“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
- ↑ „Медресе Туркман“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
- ↑ „Мечеть Мирзо Хайдари Поён“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
- ↑ „Мечеть Хуллабофон“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
- ↑ „Мечеть Кокилайи Калон“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
- ↑ „Краван-сарай Улугбек Тамокуфуруш“. Rusrav.uz. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
- ↑ „Madaniy merosga doir qonun hujjatlarining Qashqadaryo viloyatidagi ijrosi muhokama qilindi“. Senat.uz. 2021-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi“. Buxdu.uz. 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.