Kontent qismiga oʻtish

Modulyatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Modulyasiyadan yoʻnaltirildi)

Modulyasiya (lotincha: modulatio — bir tekislilik) — 1) fizika va radiotexnikada — biror oʻzgarmas fizik jarayonni ifodalovchi kattalikning muayyan qonun boʻyicha oʻzgarishi. Modulyasiya tashqi taʼsir yordamida amalga oshiriladi.

Elektronikada koʻpgina elektron asboblarning ishi elektron oqimlarini modulyasiyalashga asoslangan. Masalan, kineskoplarda ekranga uzatiluvchi televizion shakllarni hosil qiluvchi elektron nuri intensivligi modulyasiyalanadi. Kli-stronlarda elektron oqimining tezligi boʻyicha M.lash oqimda elektronlarni guruhlashga olib keladi. Bu esa, oʻz navbatida, guruhlashgan elektronlar kinetik energiyasini oʻta yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirilishiga olib keladi. Radio- va optik diapazonlarda elektromagnit tebranishlarning hamda akustik toʻlqinlarning M.lari katta amaliy ahamiyatga ega. Maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish, turli tizim va qurilmalarda chastota taqsimotini taʼminlash, signallarning vaqtga bogʻliq parametrlarini oʻlchash uchun texnik qurilma va tizimlarda tebranishlar M.si zarur hisoblanadi. M.jarayonida tebranishning oʻzgaradigan parametrlari (chastotasi, amplitudasi, fazasi)ga qarab uning nomlanishi belgilanadi (chastotali, amplitudali, fazali M.).

Koʻpincha, M.langan signal impuls tarzida, natijasi esa yuqori chastotali impulyelar toʻplami yoki radioimpuls koʻrinishda boʻladi. Hozirgi paytda toʻrt turdagi impulyeli M mavjud: amplituda-impulyeli, chastota-impulyeli, fazaviy-impulyeli va kenglik-impulyeli M. Impulyeli M. uzluksiz garmonik tebranishli M.ga karaganda shovqinga nisbatan kuchaytirilgan tayanchga egaligi bilan ajraladi;

2) yorugʻlik texnikasida — yorugʻlik nuri yorqinligini yoki yorugʻ dogʻ oʻlchamini kelayotgan signallarga muvofiq ravishda oʻzgartirish; ovozni optik usulda yozib olish, fototelegraf va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil