Kontent qismiga oʻtish

Mohenjo-daro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mohenjo-Darodan yoʻnaltirildi)

Mohenjo-daro (sindxi tilida — oʻliklar tepaligi) — Harappa madani-yati (Pokiston)ning asosiy markazlaridan birining harobasi (miloddan avvalgi 3— 2-ming yilliklar). Sindning markaziy shahri. 1922-yilda hind arxeologi R. Ba-nerji ochgan. Keyinchalik ingliz arxeologlari J. Marshall, E. Makkey va R. Uiller tomonidan tekshirilgan.

M.-D. yirik hunarmandchilik va savdo markazi boʻlgan, metall va toshga ishlov berish, kulolchilik taraqqiy etgan. Unda umumshahar kanalizatsiyasi va suv taʼminoti tizimi boʻlgan. Uylari pishiq gʻishtdan 2—3 qavat qilib qurilgan. Qazishlar M.-D. Qad. Hindiston, Misr, Mesopotamiya bilan bir qatorda qad. madaniyat oʻchogʻi boʻlganligini tasdiqlaydi. M.-D.ni oʻrganish asosida Harappa madaniyatining asosiy bosqichlari va uning harakterli belgilari aniqlandi.

  • Makkey E., Drevneyshaya kultura dolini Inda, per. s angl., M., 1951[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil