Kontent qismiga oʻtish

Lev Molchanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Molchanov Lev Aleksandrovichdan yoʻnaltirildi)

Lev Aleksandrovich Molchanov (1878—1962) — tabiiy geograf, iqlimshunos, zoolog, koʻlshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1943). Professor (1922), geografiya fanlari doktori (1938). 1907-18 yillarda Oʻrta Osiyo (Amudaryo, Pomir)da biologik, gidrologik va meteorologik kuzatuvlar olib borgan. 1921 —1938-yillarda Turkiston (Urta Osiyo) meteorologiya ilmiy tadqiqot institutida ishlagan va Oʻrta Osiyo universitetining professor 1938-yildan umrining oxirigacha Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari, asosan, Oʻrta Osiyo iqlimi, gidrologiyasi va umumiy tabiiy geografiyasiga bagʻishlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil