Kontent qismiga oʻtish

Moʻgʻulcha

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Mongol tillaridan yoʻnaltirildi)

Moʻgʻulcha — Shashmaqomyaagi har bir maqomning ashula boʻlimida 2-guruhni tashkil etuvchi asosiy shoʻʼbalardan biri. Ular savt shoʻʼbalari kabi 5 chorak takt oʻlchovidagi doira usulida ijro etiladi: M.lar jami 4 ta boʻlib, Buzruk maqomida — M.i Buzruk, Navoda — M.i Navo, Dugohda — M.i Dugoh, Segoada — M.i Segohdeb ataladi. M.lar, asosan, Shashmaqomdagi 1-guruh shoʻʼbalarining bosh mavzui — Saraxborlarga hamohang boʻlib, ularning M. doira usuliga tushirilgan variantlaridir. M. shoʻʼbasi Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufardan iborat oʻz shoxobchalariga ega. Ular bir-biridan, asosan, usul va surʼati bilan farqlanadi hamda M. shoʻʼbalari nomi bilan qoʻshib ataladi (mas, Talqinchai M.i Buzruk, Qashqarchai M.i Navo, Soqiynomai M.i Dugoh va hokazo). M.larning Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar qismlari raqs bilan ham ijro etilishi mumkin. M.i Dugoh va uning turkumlanish xususiyatlaridan kompozitor M. Tojiyev oʻzining 9simfoniyasi (1979) da unumli foydalangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil