Kontent qismiga oʻtish

Mugʻom

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Mug`omdan yoʻnaltirildi)

Mugʻom — 1) Ozarbayjon xalq musiqasida lad. Jami 70 dan ortiq M.lar maʼlum boʻlib, asosiylari — rast, shur, segoh, shushter, chargyah, bayati shiraz, humayun. Qolganlari shular zaminida tashkil topgan. M. tovushqatorlarida orttirilgan sekunda intervali uchraydi; koʻplarining diapazoni oktavadan keng boʻlib, ayrim tovushlar turlicha variantlarda kelishi mumkin. M.larda tonika ularning past qismidagina emas, balki oʻrta qismlarida ham uchraydi; 2) Ozarbayjon va Togʻli Qorabogʻda tarqalgan turkumli vokal-cholgʻu asar. M.lar muayyan ladga asoslanib, odatda, shu lad (mas, rast, shur va hokazo) nomi bilan ataladi. Ular badiha uslubiga asoslangan ashula, raqs va cholgʻu kuylaridan iborat. 19-asrdan boshlab M.lardan A. Magomayev, U. Hojibekov, N. Tigranov, R. Glier va boshqa kompozitorlar turli janrlardagi asarlarida foydalanishgan. A. Ter-Gevondyan ("Rast"), F. Amirov ("Shur", "Kyurdi Ovshar", "Bayati Gulistan"), Niyoziy ("Rast"), S. Aleskerov ("Bayati Shiraz") va boshqa M.larni orkestr uchun, J. Jangirov ("Chargyah"), A. Aliverdibekov ("Bayati Shiraz") a kapella xori uchun qayta ishlaganlar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil