Muhammad Hashim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muhammad Hashim Maiwandwaldan yoʻnaltirildi)
Muhammad Hashim Maiwandwal

Maiwandwal 1961-yil 4-oktabrda Oval kabinetda
Afgʻoniston Bosh vaziri
Mansab davri
2-noyabr 1965-yil – 11-oktabr 1967-yil
Oʻtmishdoshi Mohammad Yusuf
Vorisi Abdullah Yaqta
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-mart 1921-yil
Kobul, Afgʻoniston
Vafoti 20-oktyabr 1973-yil(1973-10-20)
(52 yoshda)
Kobul, Afgʻoniston
Oʻlim sababi Suisid
Siyosiy partiyasi Afg'oniston taraqqiyot demokratik partiyasi

Muhammad Hashim Maiwandwal (1921-yil 12-mart — 1973-yil 20-oktabr)[1] — afgʻon siyosatchisi. Zahir Shah hukmronligi davrida yashagan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Hashim maktabni tugatgach, oʻzi yoqtirgan jurnalistlik faoliyati bilan shugʻullana boshladi. U bir qancha gazetalarda muharrir boʻlib ishladi. 19551963-yillarda u Afgʻoniston Qirolligining Buyuk Britaniya, AQSh va Pokistondagi elchisi etib tayinlangan.

1965-yil oktyabr oyida yangi qonun chiqaruvchi organ saylanganidan soʻng, yangi Vazirlar Mahkamasini maʼqullash paytida armiyaning aralashuvi sabab uchta yosh talabaning oʻlimiga olib keldi. Shundan soʻng, taklif etilgan vazirlar roʻyhati qaytarib olindi. Diplomat Muhammad Hashim Maiwandwal boshchiligidagi yangi konstitutsiya oz saylovchilar ovozi bilan tasdiqlandi. U tezda talabalar bilan doʻstona munosabatlarni qayta oʻrnatdi.

Muhammad Hashim Maiwandwal 1965-yil 2-noyabrdan 1967-yil 11-oktabrgacha Afgʻoniston Bosh vaziri lavozimida ishlagan. Biroz vaqt oʻtib sogʻligʻi tufayli isteʼfoga chiqqan. Hashimning farzandlari yoʻq edi, shuning uchun u Kanadaga koʻchib oʻtgan jiyaniga oʻzining barcha mol-mulkini qoldirdi. Ammo, keyin chalik davlat uning barcha mol-mulkini jiyanidan qaytarib oladi.

1966-yilda u „Jam'iat Demokrate-ye Mottaraki“ (Taraqqiyparvar demokratik partiya) soʻl monarxistik partiyasiga asos soldi. U parlament evolyutsion sotsializm va demokratiya tarafdori hisoblangan. 1965-yilda hukumatga saylangan Muhammad Hashim hukumat saylovlariga aralashdi. Natijada, oʻz tasir kuchini yoʻqotdi.

1973-yilgi davlat toʻntarishidan soʻng, shahzoda Muhammad Dovud Xonning hokimiyat tepasiga kelishi Sardor Abdul Valiy kabi boshqa vorislarda norozik kayfiyatini uygʻotdi. Dovud hokimiyatni qoʻlga olishdan oldin rejalashtirilgan davlat hokimiyatiga qarshi toʻntarishlarni bostirildi. Muhammad Hoshim Maiwandwal gʻarbning yordami bilan bu fitnalarga rahbarlik qildi. 1973-yil 20-sentyabrda Muhammad Hashim Maiwandwal va yana yigirma kishi (yangi tayinlangan havo shtab boshligʻi, ikki xizmatchi general-leytenant, besh polkovnik va Wolesi Jirga aʼzosi) hibsga olindi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1942-1945-yillarda Hirot adabiy jamiyati raisi, „Ettefake Islom“ gazetasi muharriri.
  • 1945-1950-yilda Afgʻon ensiklopediyasi bosh direktori, Anis nashri muharriri, matbuot boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.
  • 1950-yilda matbuot boʻlimi boshligʻi.
  • 1952-yilda AQSh elchixonasi maslahatchisi.
  • 1954-yilda yana matbuot boʻlimi boshligʻi.
  • 1955-yilda tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
  • 1956-yilda — Buyuk Britaniya dagi elchi.
  • 1957-yilda — Pokistondagi elchi.
  • 1958-yilda — AQSh dagi elchi.
  • 1963-yilda — yana Pokistondagi elchi.
  • 1964-yilda Muhammad Yusuf hukumatida axborot va madaniyat vaziri.

Muhammad Hashim Maiwandwal jamiyat orasida antikommunist sifatida tanilgan. Kommunistlar uni oʻzlarining mafkuralariga toʻsiq deb bilishgan. Maiwandwalning bekor qilingan davlat hokimiyatiga qarshi toʻntarishida fitna uyushtirganlikda ayblanib hibsga olingan. Muhammad Hashim Maiwandwal prezident Dovudning yaqin insonlaridan biri boʻlgan va Tashqi ishlar vazirligida xizmat qilganida prezident Dovudning ukasi Muhammad Naimga ustozlik qilgan. PDPAning Parcham fraksiyasi Ichki ishlar vazirligini nazorat qilar, shuningdek, ular Maiwandwalni kechirishi va uni hukumatga qayta tiklashi mumkin boʻlgan senariydan qoʻrqishgan[2]. 1973-yil 20-oktyabrda u oʻz joniga qasd qilgan. Baʼzi manbalarga koʻra u shavqatsiz qiynoqlar oqibatida oʻz joniga suiqasd qilgan deb taxmin qilinadi[3].

Uning haqiqiy oʻlimi tergovga mas’ul boʻlganlardan biri boʻlgan Samad Azhar (keyinchalik Savr inqilobidan keyin, Ichki ishlar vazirligida xavfsizlik boshligʻi boʻlgan) ismli Parchamit politsiyasi zobiti va bir necha kishi sodir etgan. Samad Azharning yordamchilari Muhammad Hashim Maiwandwalni boʻgʻib oʻldirganlar[2].

2004-yili Dovud Malikyor uning jasadini Kobul janubidagi Shuhada-e Solihein qabristonidan topgan.

Taxminlarga koʻra, Maiwandwalning parchamitlar qoʻlida oʻlimi prezident Dovud Xonning keyingi yillarda parchamitlarni oʻz hokimiyatidan tozalashiga olib kelgan[4].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Afgʻoniston. Qisqacha biografik maʼlumotnoma. — M.: Klyuch-S, 2004 yil.
  • Qorgun V. G. Afgʻoniston tarixi. — M.: Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Kraft+, 2004. — ISBN 5-93675-079-5, 5-89282-227-3

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lentz, Harris M.. Heads of States and Governments Since 1945. London: Routledge, 2014 — 19 bet. ISBN 9781134264902. 
  2. 2,0 2,1 Ghaus, Abdul Samad. The Fall of Afghanistan: An Insider's Account. Pergamon-Brassey's International Defense Publishers, 1988 — 189 bet. ISBN 0080347010. 
  3. Biographie Maiwandwals auf www.afghanistan.net, abgerufen am 6. Dezember 2007.
  4. Conspiracies and Atrocities in Afghanistan: 1700–2014. Xlibris Corporation, 12 June 2015. ISBN 9781503573000.