Kontent qismiga oʻtish

Muraqqaʼ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muraqqadan yoʻnaltirildi)

Muraqqaʼ (arab, ruqʼa — maktub, qogʻozdagi yozuv) — 1) maktublardan tuzilgan majmua. Muraqqada husnixat (yozuv) namunalari, alohida rasmlar toʻplangan. Ular muqovalanib, kitob holiga keltirilgan. Odatda shoxlar, shahzodalar muraqqa toʻplagan va ular toʻgayuvchilar nomi bilan atalgan. Masalan, "Bahrom Mirza muraqqasi", "Muraqqai Gulshan" (Jahongir Mirzo tuzgan muraqqa) va boshqa; 2) naqsh turi. Maxsus rangli qogʻozga chizilgan naqsh boʻlaklari qirqib olinib, shift yoki devorlarga tushirilgan axta chiziqlari ustidan yopishtirib chiqiladi. Xivadagi Toshhovlining ayrim binolari shu usulda bezatilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil