Kontent qismiga oʻtish

Murat Nasirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Murat Nosirovdan yoʻnaltirildi)
Murat Nasirov
Murat Ismailovich Nasirov
Tavalludi 13-dekabr 1969
Vafoti 19-yanvar 2007-yil(2007-01-19)
(37 yoshda)
Janrlar Pop
mumtoz
rock
Kasbi Qoʻshiqchi
musiqachi
bastakor
aktyor
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Veb-sayt http://www.nasyrov.ru/

Murat Ismailovich Nasirov (ruscha: Мура́т Исмаи́лович Насы́ров; 13-dekabr 1969-yil — Olmota; 19-yanvar 2007-yil, Moskva) — kelib chiqishi asli uygʻur boʻlgan sovet davri, qozoq hamda rus estrada xonandasi. Murat Nasirov „Malchik xochet v Tambov“, „Ya — eto ti“, „Obmanula“, „Lovila na gubi“, „Kto-to prostit“, „Eti lunnie nochi“ (Alyono Apinoy bilan duetda) kabi qoʻshiqlar kuylagan.

Murat Nasirov 1969-yil 13-dekabr kuni Olmaota shahrida yashovchi uygʻur oilasida tugʻilgan[1][2]. Onasi Nasirova Xotira Niyazovna (19372020), plastmassa buyumlari zavodida ishlagan; otasi Ismoil Soʻfi Nasirov (19262003) taksi haydovchisi boʻlgan. Soʻfi Nasirov, shuningdek, shoir boʻlgan, Qur’onni yoddan bilgan, xalq qoʻshiqlarini kuylagan va turli uygʻur xalq cholgʻularini chalishni bilgan[1][3]. Murat oilaning kenja farzandi boʻlgan. Uning ikki opasi — Farida va Marita hamda ikki akasi Najot va Rishat edi[2].

Murat Nasirov, Olmaotadagi 111-maktabni tamomlagan boʻlib, matematika va fizika fanlariga qiziqqan. Maktabdan keyin armiyada xizmat qilgan. Dastlab Ashxoboddagi xizmat davomida diviziyaning musiqiy guruhi bilan hamkorlikda qoʻshiqlar kuylagan[4].

Musiqa olamiga kirib kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murat 8 yoshidan boshlab gitara chalishni oʻrgana boshlagan. Armiya xizmatidan soʻng Gnessin nomidagi Moskva musiqa maktabining vokal boʻlimida oʻqigan[5].

1990-yillarning boshlarida u DisneyningDarkwing Duck“ va Oʻrdaklar sarguzashti animatsion seriyalining rus tilidagi qoʻshiq versiyalarini ijro etgan. 1994-yilda „AʼStudio“ guruhining „Soldat lyubvi“ konsert dasturida ishtirok etgan.

Nasirovni boʻlajak prodyuseri — Arman Davletyarov bilan AʼStudio gitarachisi Baglan Sadvakasov tanishtirgan[6]. 1995-yilda Nasirov oʻzining musiqiy ishlarini „Soyuz“ studiyasiga olib boradi. Prodyuserlarga xonandaning ovozi yoqgan va ular „Eto lish son“ qoʻshigʻini ommaga namoyish qilishgan. Ammo xonandaning uchta qoʻshiqni oʻz ichiga olgan yangi kichik toʻplami yaxshi sotilmagan.

Birinchi albom allaqachon tayyorlangan edi, lekin Davletyarovning xotiralariga koʻra Nasirov albom uchun yorqin bir xit tarona yetishmayotganligini sezgan[6]. Shoir Sergey Xarin „Malchik xochet v Tambov“ qoʻshigʻining matnini yozib bergan (braziliyalik Carrapicho guruhining „Tic Tic Tac“ qoʻshigʻining ruscha versiyasi, 1996-yili xitga aylangan). Murat Nasirov qoʻshiqni „Soyuz“ studiyasida hammadan koʻra yaxshiroq ijro qilgan va aynan shu qoʻshiq uni mashhur qilgan. Shunga qaramay, xonanda keyinchalik uning musiqiy uslubiga yaqin boʻlmagan qoʻshiqning konsert dasturlarining ajralmas qismiga aylanganidan afsusda ekanligini taʼkidlagan[6] .

1996 — 1997-yillarda Aleksandr Iratov, prodyuser va Alyona Apinaning turmush oʻrtogʻi „Soyuz“ studiyasining konsert boʻlimida ishlagan va u Nasirovga hamkorlik qilishni taklif qilgan. Nasirov va Alena Apina birgalikda gastrollar uyushtirib, qoʻshiqlarini kuylashgan. Nasirov „Malchik xochet v Tambov“ qoʻshigʻi orqali mashhurlikka erishganda, Alyona Apinaning turmush oʻrtogʻi va prodyuseri Aleksandr Iratov ikki yulduzni birlashtirish va konsert dasturi bilan birgalikda mamlakat boʻylab gastrollar uyushtirish gʻoyasini ilgari surganlar. Shunday qilib bir yil muddatga shartnoma imzolangan. Unga koʻra musiqachilar barcha joyda: konsertlarda, intervyularda, kechalarda birga chiqishlari kerak edi. Nasirov "Eurovision qoʻshiq tanlovi 1975" gʻolibi „Ding-a-dong“ qoʻshigʻiga oʻxshatma tarzda Alyona Apina bilan „Lunnie nochi“ qoʻshigʻini duetda kuylagan. Juftlik, 1998-yil 1 va 2-aprel kunlari Rossiya davlat markaziy konsert zalida chiqishlar qilishgan. Oʻsha vaqtlarda Nasirovning repertuarida yangi sevgi mavzusidagi qoʻshiqlari paydo boʻla boshlagan, ulardan eng mashhuri „Ya — eto ti“ hisoblanadi. Xonanda keyinchalik „Moya istoriya“ albomini ham chiqargan.

1997-yilda „Malchik xochet v Tambov“ va 1998-yilda kuylangan „Ya — eto ti“ qoʻshiqlari uchun „Oltin Gramafon“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

2000-yilda Nasirov „Imya Sheff“ albomiga kiritilgan reper Sheff uchun „Tsaritsa“ nomli kompozitsiyasini yozishda ishtirok etgan.

2002-yili xonanda ʼʼRazbudi menyaʼʻ albomini chiqargan. Albomdagi birinchi qoʻshiq uning oʻgʻli Akim Nasirovga bagʻishlangan.

2003-yilda Nasirov yana Sheff bilan hamkorlikda Vlad Valovning „Master Sloga Lomanogo“ yakkaxon albomi uchun „Nochnaya Moskva“ kompozitsiyasini tayyorlagan.

2004-yilda „Kaldim Yalguz“ („Qoldim yolgʻiz“) uygʻurcha albomini tayyorlash ishlarini yakunlagan. Nasirov albomni yozib olish jarayonida ham uygʻur milliy cholgʻu asboblaridan, ham zamonaviy cholgʻu asboblaridan foydalangan. Nasirov albomning instrumental qismlarini mustaqil ijro etgan, oʻz studiyasida ovozlarni tahlil qilgan. Oʻsha yili musiqachi Alla Pugachevaning „Fabrikoy zvyozd-5“ bilan hamkorlik qilish borasidagi taklifni qabul qilgan. Dastur soʻngida Nasirov ishtirokchi Yulianna Karaulova bilan birgalikda „Kto-to prostit“ qoʻshigʻini ijro etgan.

2005-yil 28-fevral kuni Olmotadagi Respublika saroyida Murat Nasirovning „Day mne znat“ konserti boʻlib oʻtadi. „Skalolazka i Posledniy iz Sedmoy kolibeli“ (2007) — Murat Nasirovning soʻnggi ishlaridan biri boʻldi. Qoʻshiq Rossiya davlat kinematografiya simfonik orkestri ishtirokida yozilgan.

2014-yilda „Moya istoriya“ albomi „Afisha“ jurnali tomonidan „30 ta eng yaxshi rus pop albomi“ roʻyxatiga kiritilgan[7][8].

Murat Nasirov 2007-yil 19-yanvardan 20-yanvarga oʻtar kechasi 38 yoshida olamdan oʻtgan. U Moskvadagi Vuchetich koʻchasi, 15/1, 5-qavatda joylashgan xonadonining balkonidan yiqilib tushgan va voqea joyidayoq halok boʻlgan[1]. Voqea sabablari hozirga qadar nomaʼlumligicha qolmoqda. Jurnalistlar Nasirovning giyohvand moddalarni isteʼmol qilgani haqida qayta-qayta yozib kelishgan, ammo Botkin kasalxonasida oʻtkazilgan otopsi jarayonida hech qanday giyohvand moddalarning izlari aniqlanmagan[9][10]. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, u tushkunlik holatida oʻz joniga qasd qilgan: voqeaga guvoh boʻlgan qizi ham buni tasdiqlagan. Gazeta maqolalarida, shuningdek, suratga olish burchagini ehtiyotsizlik bilan tanlash tufayli yiqilgan boʻlishi mumkinligi ehtimoli ham koʻrib chiqilgan (tergov maʼlumotlariga koʻra, u yiqilganida yonida kamera va portret boʻlgan)[11]. OAV maʼlumotlariga koʻra, 2006-yilning yoz oyida yoʻl-transport hodisasi sabab halok boʻlgan doʻsti, rossiyalik hamda qozogʻistonlik „AʼStudio“ guruhining gitarachisi Baglan Sadvakasovning (1968 — 2006) oʻlimi Nasirovni juda qattiq qaygʻuga solgan.

Nasirov, 2007-yil 22-yanvarda Olmotadagi Zarya Vostoka qabristoniga, otasining yoniga dafn qilingan[1].

2020-yil 7-sentabr kuni 83 yoshli onasi Xotira Niyozovna uzoq davom etgan xastalikdan soʻng vafot etgan[12][13].

  • 1991-yil — „Yalta-91“ sovet estrada qoʻshigʻining yosh ijrochilari uchun VI Butunittifoq televizion tanlovining Gran-prisi gʻolibi.
  • Qoʻshiqlar uchun „Oltin grammofon“ mukofoti sovrindori:
    • 1997-yil — „Malchik xochet v Tambov“
    • 1998-yil — „Ya — eto ti, ti — eto ya“ (qoʻshiqlari uchun)
  • 1997 — Kto-to prostit
  • 1998 — Moya istoriya
  • 2000 — Vsyo eto bilo ne so mnoy
  • 2002 — Razbudi menya
  • 2004 — Kaldim Yalguz — Qoldim, yolgʻiz.
Toʻplamlari
  • 2000-yil — Oltin toʻplam
  • 2010-yil — Remikslar

Vadim Baykov bilan hamkorlikda Alsu tomonidan ijro etilgan „Tam, gde rojdaetsya svet“ qoʻshigʻini yozgan.

  • 1998 — Voenno-polevoy romans (telefilm)
  • 2009 — Skazki peska

Hujjatli filmlar va telekoʻrsatuvlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2007 — Pust govoryat. Posledniy shag Murata Nasirova
  • 2007 — Bitva ekstrasensov. (3 sezon 6 vipusk).
  • 2007 — Kolleksiya. Poslednee intervyu Murata Nasirova. Za den do gibeli
  • 2007 — Spesrassledovanie. Murat Nasirov. Dve versii drami
  • 2007 — Chistoserdechnoe priznanie. Murat Nasirov
  • 2007 — Kak uxodili kumiri. Murat Nasirov
  • 2008 — Taynie znaki. Murat Nasirov. Kto-to prostit, kto-to poymyot…
  • 2009 — Moya pravda. Murat Nasirov
  • 2011 — Kak uxodili kumiri. Murat Nasirov
  • 2015 — Yeщyo vchera… Murat Nasirov
  • 2017 — Nasha pravda. 10 let bez Murata
  • 2022 — Novie russkie sensatsii: Kto ubil zvezdu?

Xotini — Natalya Boyko (1973-yilda tugʻilgan)[14], qoʻshiqchi (taxallusi Selena)[1]; 1999-yilda uygʻur anʼanalariga koʻra turmush qurishgan[15], rasmiy ravishda nikohdan 2007-yil mart oyida oʻtishni rejalashtirishgan. Nasirov oʻlimidan biroz avval bu haqida gapirgan[16]. Qizi — Liya Nasirova (1996-yil 21-martda tugʻilgan), oʻgʻli — Akim Nasirov (2000-yil 23-oktyabrda tugʻilgan).

  • Ostonadagi koʻchalardan biriga Murat Nasirov nomi berilgan.
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Murat Nasirov schital sebya schastlivim chelovekom(rus.)
  2. 2,0 2,1 Murat Nasirov pokonchil s soboy so vtoroy popitki — Svetskaya xronika i kultura // KP.UA
  3. Rossiya otdayot dolg pamyati i blagodareniya uygurskomu Solovyu
  4. „Murat Nasirov — Xochu“. 2017-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.
  5. Obzor: „Murat Nasirov — ego golos pomnit vsya strana“.
  6. 6,0 6,1 6,2 Зенкина, Марина „История поп-музыки от Ветлицкой до Ёлки 1991—2011: Мурат Насыров «Мальчик хочет в Тамбов» (1997)“ (ruscha). afisha.ru (28-dekabr 2011-yil). 2015-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2015-yil.
  7. Obraщenie deyateley kulturi, nauki, predstaviteley obщestvennosti v svyazi s prigovorom, vinesennim bivshim rukovoditelyam NK YuKOS.
  8. Латыпов Б. 30 лучших русских поп-альбомов // Афиша : журнал. — M.: ООО «Компания Афиша», 5 марта 2014.
  9. В гостях у Гордона. „Кушанашвили: Я за версту хороший кокаин чувствовал“ (26-aprel 2014-yil). Qaraldi: 26-iyul 2018-yil.
  10. Novosti shou-biznesa, skandali, svetskaya xronika. Narkotikov i alkogolya v organizme Nasirova ne naydeno
  11. Vechniy malchik. V Moskve pogib peves Murat Nasirov. Лента.ру
  12. „Умерла мама Мурата Насырова“. news.myseldon.com. Qaraldi: 14-yanvar 2022-yil.
  13. tengrinews.kz. „Маму Мурата Насырова проводили в последний путь в Алматы“ (ruscha). Главные новости Казахстана - Tengrinews.kz (9-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2022-yil.
  14. Vdova Murata Nasirova vixodit zamuj(rus.)
  15. Jena Nasirova: Ya vsegda budu lyubit tolko Murata(rus.)
  16. „Nakanune smerti Murat Nasirov obʼyavil o svoey svadbe, kotoraya doljna bila sostoyatsya v marte“. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-mart.