Kontent qismiga oʻtish

Murod Xontoʻrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Murod Xonto‘rayevdan yoʻnaltirildi)
Murod Muhammadusmonovich Xontoʻrayev
Tavalludi 1987-yil 4-iyul
Vafoti 2021-yil 19-iyul
Boʻstonliq tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti (Toshkent filiali)
Kasbi sportchi
Faoliyat yillari 2013—2021
Millati oʻzbek
Dini islom
Boʻyi 180 sm

Murod Xontoʻrayev (1987-yil 4-iyul, Toshkent2021-yil 19-iyul, Boʻstonliq tumani) — Oʻzbekistonlik sportchi, MMA yarim ogʻir vazn jangchisi, MMA boʻyicha jahon chempioni, Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti. U oʻzining professional karyerasini 2013-yilda boshlagan. Laqabi „Osiyo ayigʻi“.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrining yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida tartibsizlik keltirib chiqargani uchun hibsga olingan[1]. Dastavval unga nisbatan 3 yillik qamoq jazosi berilishi kutilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumani sudida Murod Xontoʻrayevga jarima tarzidagi jazo qoʻllandi. U eng kam ish haqining 94 baravari miqdorida — 16 190 560 soʻm jarima toʻlab, ozodlikka chiqdi[2]. 2018-yil 26-noyabr kuni Xontoʻrayevga „Toshkent savdo markazi“ yaqinida joylashgan ofisida 10 dan ortiq kishi hujum uyushtirib, uning son va koʻkrak qafasi atrofiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Olingan jarohatlar oqibatida Murod Xontoʻrayev kasalxonada davolangan.

Murod Xontoʻrayev oʻzining mashinasida 2021-yil 19-iyul kuni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida avtohalokatga uchrab, halok boʻldi. Gentra haydovchisining soʻzlariga koʻra, sportchi boʻlgan mashina juda yuqori tezlikda harakatlangan. Yon tomonga urilib, oqibatda mashina va haydovchi turli tomonlarga uchib ketgan[3]. Murod Xontoʻrayev Toshkent shahridagi Yalangʻoch-2 qabristonida dafn etilgan.