Kontent qismiga oʻtish

Musʼhaf

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Mushafdan yoʻnaltirildi)

Musʼhaf (arab. — sahifalangan) — xalifa Abu Bakr Siddiq (r.a) davrida Qur’onning kiyik terisidan boʻlgan sahifalarga yozilgan toʻplami, sahifalangan Qurʼon. Xalifa Usmon ibn Affon (r.a) davrida koʻchirilgan Qurʼon nusxalari Musʼhaflar deb nomlangan. Keyinchalik kitob shaklidagi Qurʼonning har bir nusxasi Musʼhaf deb nomlanavergan. Toshkentda Oʻzbekiston musulmonlari idorasida saqlanadigan Qurʼon qoʻlyozmasi (7-asr) ham Musʼhafning eng qadim nusxalaridan biridir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil