Kontent qismiga oʻtish

Mushak sabzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mushak 195dan yoʻnaltirildi)

Mushak sabzi, Mushak 195 - ertapishar sabzi navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida yaxshilangan mahalliy nav. 1947-yildan rayonlashtirilgan. Barglari boʻzrang, baʼzan sargʻish-yashil, qalin, mayin tukli. Sabzisi shakli kalta, uchi toʻmtoq, barglarga yaqin kismi yashil, yerga qadalib turgan qismi, eti va oʻzagining rangi sariq. Uzunligi 8—13 sm, diametri 3,5—4,0 sm, oʻzagi kichik, ingichka sersuv. Oʻzbekistonda yetishtiriladigan sariq sabzilar orasida eng shirini. Vazni 30—43 g, quruq modda miqdori 14%, qand 11,9%. Hosildorligi 190—200 s/ga. Urugʻi unib chiqqandan soʻng 85—95 kunda pishib yetiladi. Noqulay obqavo sharoitida erkaklab ketishga moyil. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan. Toshkent viloyatida koʻp ekiladi. Oziq-ovqat va konserva sanoatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil