Kontent qismiga oʻtish

AQSh mustaqillik deklaratsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi (1776-yil 4-iyul) — Shimoliy Amerikadagi Angliya mustaqillik uchun urush davrida (1775-83) ingliz mustamlakalari vakillarining Ikkinchi Kontinental kongressi qabul qilgan. Mustaqillik deklaratsiyasi Thomas Jeffersonning respublika va demokratiya ruhi bilan tuzilgan loyihasiga asoslangan. Mustaqillik deklaratsiyasi mustamlakalarning metropoliyadan ajralganligini va yangi mustaqil davlat — Amerika Qoʻshma Shtatlari barpo etilganligini, shuningdek, xalq erkinligini, barcha kishilarning qonun oldida tengligini eʼlon qildi. Mustaqillik deklaratsiyasi katta tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil