Kontent qismiga oʻtish

Muzeyshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muzeologiyadan yoʻnaltirildi)

Muzeyshunoslik, muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini oʻrganadigan fan tarmogʻi. M. tizimiga muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi (muzey tarixshunosligi bilan), muzey manbashunosli-g i, muzeylar va muzey tadqiqotlari faoliyatiga doir barcha oʻziga xos tomonlarni oʻrganuvchi ilmiy metodika kiradi. M. muzey buyumlarini jamlash, muzeyga keluvchilarni oʻrganish jarayonida dala tadqiqotlari usullari va bevosita muntazam kuzatuv ishlari, ijtimoiy usullarni qoʻllaydi. M.ning boshqa fanlar bilan har tomonlama uzviy bogʻliqligi uning obyektiv jihatdan murakkabligini belgilaydi. M. ham ijtimoiy, ham tabiiy fanlar bilan birdek bogʻliq, ayniqsa, muzeyning mavzuiga oid fanlar va yordamchi fan sohalari (tarix, arxeologiya, geologiya, etnografiya, adabiyotshunoslik, zoologiya, sanʼatshunoslik va boshqalar) bilan umumiy tomonlari koʻp. M.da muzeylarning tabiat va jamiyatni oʻrganish bilan uzviy bogʻliq boʻlgan manbalarni jamlash, muzey buyumlarini ilmiy hujjatlashtirish, oʻrganish va saqlash, ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish, ilmiymaʼrifiy, gʻoyaviytarbiyaviy faoliyati va boshqalarda namoyon boʻladigan ijtimoiy vazifalari ustida tadqiqotlar olib boradi. Muzeylarni toʻldirish, yodgorliklarni hisobga olish, saqlash va restavratsiya qilishning ilmiy tamoyillari ishlab chiqiladi.

M, sohasidagi ishlar yirik muzeylar, taʼmirlash ustaxonalari va ilmiy tadqiqot institutlarida amalga oshiriladi. Xalqaro miqyosda muzey ishini muvofiklashtirish va tajriba almashish ishlarini koʻp mamlakatlarda millim qoʻmitalari boʻlgan YUNESKO qoshidagi Xalqaro muzeylar kengashi (IKOM) amalga oshiradi.

Jaxrndagi koʻplab mamlakatlarda M. masalalariga bagʻishlangan jur.lar chop etiladi (YUNESKO ning "Museum" jurnali va boshqalar), ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, kafe-dralar mavjud.

Oʻzbekistondagi yirik muzeylarda M.ka doir ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Ayniqsa, "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi farmoni M. sohasida burilish yasadi. Unga koʻra, mamlakat Madaniyat ishlari vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarga tegishli barcha turdagi mavjud muzeylar faoliyatini muvofiklashtirish, qoʻllabkuvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatishni taʼminlash maqsadida vazirlik qoshida muzeylarni qullab-quv-vatlash respublika "Oʻzbekmuzey" jam-gʻarmasi tashkil etildi. Uning faoli-yatining asosiy yoʻnalishlari qatorida M.da umumiy siyosatni amalga oshirishni taʼminlash, M. sohasida xalqaro aloqalarni, oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekiston va xorijda keng koʻrgazma faoliyati orqali mamlakatning boy tarixi, bugungi yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, muzeylarda saqlanayotgan noyob eks-ponatlarni jahon miqyosida targʻib etish; M.ka zamonaviy texnika vositalarini tatbiq etish, ulardan samarali foydalanishga oid dasturlar ishlab chiqarish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish belgilandi. M. sohasiga oid ilmiy-amaliy, maʼnaviymaʼrifiy, rangli "Moziydan sado" jurnali nashr etiladi.

Mashhura Sharipova, Gavhar Fuzailova.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil