Kontent qismiga oʻtish

Nitraminlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(N-Nitroaminlardan yoʻnaltirildi)

Nitraminlar, N-nitroaminlar — molekulasidagi NO2 guruqi organik radikallarga azot atomlari orqali bogʻlangan organik birikmalar. N. birlamchi RNHNO2 va ikkilamchi RR’NNO2boʻlishi mumkin (bu yerda R,R’ — alkil yoki aril radikallari). Aro-matik N., odatda, qattiq moddalar, alifatik N. suyuklik yoki suyuqlanishi qiyin qattiq moddalardir. Birlamchi alifatik N. kislotalar taʼsirida spirt va azot (1)-oksid NO ga aylana-di, ikkilamchisi esa kislotalar taʼsiriga chidamli, ammo konsentrlangan H2SO4 taʼsirida aldegidlar va nitrit kislotagacha parchalanadi. Koʻpchilik birlamchi N. ishqorlar bilan tuz hosil qiladi. Quyi N. nihoyatda portlovchi. N. gerbitsidlar, oʻstiruvchi modda, antiseptik, fiziologik faol modda va portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi (Mas, trinitrofenilmetilnitramin — tetril, siklotrimetilentrinitramin — geksogen, siklotetrametilentetranitramin — oktogen).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil