Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Pogodin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(N. Pogodindan yoʻnaltirildi)

Nikolay Fyodorovich Pogodin (taxallusi; asl familiyasi Stukalov) [1900.3 (16).11, Donetsk viloyati — 1962.19.9, Moskva] — rus dramaturgi. Ijodi 1920-yillardan boshlangan. Pogodin sovet voqeligini tasdiklovchi pyesalar yozgan ("Mening doʻstim", 1932; "Aslzodalar", 1934) va inqilobiy davrning sahnaviy yilnomasini yara-tishga intilgan ["Miltikli kishi", 1937; "Kreml kurantlari", 1942 (1956-yilda kayta ishlangan); "Alvon bulutlar", 1955; "Uchinchi patetik asar", 1958 va boshqa]. Pogodin bu va boshqa sahna asarlari hamda kinossenariylarida Oktabr davlat toʻntarishi va uning rahbarlari obrazini sovet mafkurasi talablari asosida talqin etdi. Pogodin umrining soʻnggi yillarida "inqilobiy romantik" voqealar tasviridan qochib, shaxs erkinligi, ruhiy olamining kommu-nistik axloq meʼyorlariga daxleizligi haqida hikoya qiluvchi "Petrarka soneti" (1957), yoshlar ruhiy olamining shakllanishi mavzuiga bagishlangan "Kichkina talaba" (1959), "Moviy rapsodiya" (1961) pyesalari va "Kah-rabo marvarid" (1960) romanini yaratdi. Pogodin 2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashab, Hamid Olimjon, Uygʻun va Chustiy bilan hamkorlikda "Oʻzbekiston qilichi" pyesasini yezdi (1943). Pogodinning bir necha pyesalari Oʻzbekiston teatrlari sahnasida qoʻyilgan.[1]

  1. "POGODIN Nikolay Fyodorovich" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil