Kontent qismiga oʻtish

Glikol kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(NOSN2SOONdan yoʻnaltirildi)

Glikol kislota (gidroksisirka kislota), NOSN2SOON -kuydirilgan qand hidi keladigan rangsiz kristallar. Molar. m. 76,05. Suyuqlanish tempeturasi 79—80°. Suv, spirt, efirda yaxshi eriydi. Gʻoʻra uzum, lavlagi, shakarqamishda boʻladi. Nitrid kislotani aminosirka kislota bilan oʻzaro taʼsir ettirish yoki fruktozani ohista oksidlash orqali olinadi. G.k. sanoatda xlorsirka kislota yeki uning tuzlaridan, oksalat kislotani elektrolitik usulda qaytarib, shuningdek, uglerod (P)-oksid bilan suvni kislotali katalizatorlar ishtirokida bosim ostida oʻzaro taʼsir ettirib olinadi. G.k. jun boʻyashda, teri oshlashda, poʻlat va mis yuzasini elektrolitik silliklashda qoʻllaniladigan suyuqlik komponenti sifatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil