Kontent qismiga oʻtish

An-Naʼim ul-Kabir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Naʼim ul-Kabirdan yoʻnaltirildi)

Ushbu "AN-NA'IM UL-KABIR" arabcha-o'zbekcha lug'at, Toshkent Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti to

"AN-NA'IM UL-KABIR"
Muallif(lar) Odiljon Nosirov, Muhammad Yusupov, Muhammadjon Muhiddinov,Yunusxon Rahmatullayev, Abdulhay Nishonov
Muharrir(lar) Odiljon Nosirov
Mamlakat O'zbekiston
Til o'zbekcha
Janr(lar)i Lug'at
Nashr etilgan sanasi 2021
Nashriyot Muharrir nashriyoti
ISBN 978-9943-6837-8-5

monidan 2003-yil nashr qilingan va 2021-yili Toshkent: Muharrir nashriyoti qaytadan nashr qilgan. Kitobning hajmi 806 bet hisoblanadi. Lug’atninig eski nashrida mavjud bo’lmagan 8000 ga  yaqin so’z va iboralar yangi nashrga kiritilgan. Shuningdek, “An-Na’im” lug’ati tarkibiga kirgan 7000 ga yaqin so’zning yangi ma’nolari kashf etilib, lug’atga kiritilgan, illyustratsiya xarakteridagi misollar bilan ma’nolar konkretlashtirilgan. Bu yangi kiritilgan so’zlar ayrim qismini arabiy istorizm va arxaizmlar, kishi nomalari va geografik atamalar tashkil etadi.

Ushbu nashr arabshunoslik va islomshunoslik sohalarida ish olib borayotgan mutaxasislar, ustozlar, tarjimonlar, shu sohada ta’lim olayotgan talabalar bilan birga arab tili tarixi leksikasi, geografik atamalari, kishi nomlari, arab xalq etrognafiyasi bo’yicha ish olib borayotgan ilmiy tadqiqochilarga mo’ljallangan.

Shuningdek, bu lug’atdan turkiy tillar tarixi, fors-tojik tillari, hind tili bo’yicha mutaxasislar ham foydalanishlari mumkin.

Ushbu lug’atni nashr etish Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti o’quv-uslubiy kengashining 2012-yil 29-avgustidagi yig’ilishida ma’qullangan.