Malik Nabiyevich Nabiyev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Malik Nabiyevich Nabiyev (1913.18.1 — Toshkent — 1992.10.1) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1963), texnika fanlari doktori (1955), professor (1956). Ivanovo kimyo-texnologiya institutini tugatgan (1935). Donbassdagi Gorlovka oʻgʻit zavodida ishlagan (1940). Chirchiq elektr kimyo kombinatida bosh muhandis (1940— 43), Chirchiq shahar partiya qoʻmitasi kotibi (1943—44), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Plan komissiyasi raisining birinchi oʻrinbosari (1944— 47), Respublika Ministrlar Soveti boshqarmasi boshligʻi (1948), Chirchiq elektr kimyo kombinati bosh muhandisi (1948—51). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kimyo institutida laboratoriya (boʻlim) mudiri (1951—86), bosh ilmiy xodim (1986-yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kimyo-texnologiya fanlari boʻlimi akad.-kotibi (1952—56, 1966— 86). Asosiy ilmiy ishlari yangi mineral oʻgʻitlar turlarini olish, oʻgʻitlar sifatini yaxshilash, murakkab oʻgʻitlardan ratsional foydalanishga oid. N.ning qovushoqlanib (yopishib) qolmaydigan ammiak selitrasi olish usuli Chirchiq elektr kimyo kombinatida va boshqa korxonalarda amaliyotda qoʻllandi. N. oʻz shogirdlari bilan birgalikda ammoniylashtirilgan superfosfat olish usulini ishlab chiqdi va uni Qoʻqon, Jambul, Samarqand hamda Chorjoʻy kimyo zavodlarida amalga oshirdi. Fosfat xom ashyosini nitrat kislota bilan parchalab, qattiq va suyuk, murakkab oʻgʻitlar (SUM-I, SUM-P, SUM-P1, SUM-IV, SUM-V) ni ishlab chiqarish texnologiyasiga asos soldi, chigit tarkibidagi moy moddalarini koʻpaytirishga taʼsir etuvchi "SAKS" defoliantini ixtiro qildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).
M. Nabiyev. Amir Temurning Toʻxtamush ustidan gʻalabasi (1994).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Azotnokiyelotnaya pererabotka fosfatov, T., 1957; Ammonizorovanniy superfosfat iz fosforitov Karatau, T., 1960; Kaliynie soli Tyubegatana, T., 1965; Kondesirovannie fosfati i udobreniya na ix osnove (B. M. Beglov, A. T. Zdukos bilan hamkorlikda), T., 1974.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Axmerov Q. Oʻzbekiston kimyogarlari, T., 1974.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |