Kontent qismiga oʻtish

Nagʻma

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Nag'amdan yoʻnaltirildi)

Nagʻma, nagʻam (arab. — kuy) — 1) Sharq musiqa ilmida musiqa tovushi; ton. Muayyan balandlikda sadolanib turishi bilan tabiatdagi boshqa tovushlardan farq qiladi. Sharqolimlari nagʻmani 2 xil turga boʻlishgan: qavliy (inson tomogʻidan chiqadigan) nag'ma va feʼliy (musiqa cholgʻularidan hosil qilinadigan) nag'ma kuy, qoʻshiq va ashulalar ritm bilan nag'malar uyushmasidan tarkib topadi. Nag'malar qoʻshilishidan boʻʼd, jins, jam, maqom pardalari va, nihoyat, yaxlit kuy — musiqa asarlari hosil etiladi. Oʻrta asr musiqa risolalarida yozilishicha, tovushlar bir-biri bilan maqsadga muvofiq ravishda maʼlum vaqt oraligʻida koʻshilgandagina nag'ma deb hisoblanadi. Oʻtmishda nag'malar yunoncha va arabcha iboralar bilan ifodalangan. Arabcha atamalari asomiy nagʻamot ("Asmoʼ unnagʻam") deyilgan; 2) ohang, kuy. nag'ma soʻziga ayrim qoʻshimcha soʻzlar bogʻlanib, turli musiqa iboralari hosil etiladi. Masalan, H. boshi — doston va boshqa koʻp qismli asarlarning cholgʻu muqadsimasi, oʻtmishda saroy musiqachilarining boshligʻi; nag'magar, nag'mazan, nag'machi yoki nag'manavoz — sozanda; Orazi Navo Shashmaqom Navo maqomining cholgʻu qismlaridan biri; nag'makor yoki nag'ma soz — bastakor; nag'ma pardoz yoki nag'ma chapo — sozanda, xonanda. Xorazmda garmon cholgʻusi nag'ma deb ham ataladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil