Namangan asnam tekstil qoʻshma korxonasi
Namangan asnam tekstil qoʻshma korxonasi — Oʻzbekiston – Turkiya qoʻshma toʻqimachilik korxonasi. Masʼuliyati cheklangan jamiyat maqomiga ega. Taʼsischilari: "Oʻzbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "Yengilsanoatinvestxomashyo" aksiyadorlik jamiyati va Turkiyaning "Astop" firmasi. Korxona qurilishi 1992-yil iyulida imzolangan shartnomaga asosan boshlanib, 1994—2001-yillarda qurildi va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 2001-yil aprel
dan boshlandi.
Nizom jamgʻarmasi 6,99 mln. AQSH dollari. Shundan Oʻzbekiston tomonining ulushi 42% (2,93 mln. dollar), xorijiy hamkorlar ulushi 58% (4,06 mln. dollar). Namangan asnam tekstil qoʻshma korxonasining yillik loyiha quvvati 3600 t paxta kalava ip ishlab chiqarish Korxona paxta tolasidan tayyor gazlamalar, trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yigiruv, toʻquv, par-dozlash majmuasiga ega.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |