Xoda Namsarayev
Qiyofa
(Namsarayev Xoda Namsarayevichdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Xoda Namsarayevich Namsarayev (1889.27.4, Kijincha qishlogʻi, hozirgi Buryatiyaning Xorin aymogʻi — 1959.28.7, Ulan-Ude) — buryat yozuvchisi. Buryat adabiyotining asoschilaridan. Ijodi 1919-yildan boshlangan ("Qorongʻulik" pyesasi). "Orakul Dambi" (1920), "Xoʻja-yin va batrak" (1930) hikoyalarida buryat xalqining hayoti aks etgan. "Sirempil" qissasi va "Shunday boʻlgan..." hikoyalar toʻplami buryat adabiyotida yaratilgan eng yaxshi asarlardan biri. Xalq ogʻzaki materiallari asosida "Alamja Mergen" (1936), "Sogaaday se-sen", "Haraltuur xaan" asarlarini yozgan. "Tongda" romani (1950) muallifi. Urushdan soʻng N.ning "Tanlangan asarlar" (1948), "Tanlangan sheʼrlar" (1949) va 5 jildli asarlar toʻplami nashr qilingan (1957—59).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |