Kontent qismiga oʻtish

Novshadil spirt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nashatir spirtdan yoʻnaltirildi)

Novshadil spirt, nashatir spirt — ammiakning suvdagi 3—10% li eritmasi. Tibbiyotda, asosan, 10% li ammiak eritmasi ishlatiladi. Hushdan ketganlarga hidlatiladi (burun-halqum shil-liq pardasi nervlariga taʼsir etib, markaziy nerv sistemasini qoʻzgʻatadi), alkogoldan zaharlanganlarni qustirish uchun yarim stakan suvga 5 tomchi tomizib ichiriladi. Terisi yogʻli yuzni artish, yuz va qoʻl terisini yumshatish uchun 0,5% li eritmasi qoʻllanadi. Mikroblarga qarshi taʼsirga ega boʻlgani sababli Novshadil spirtdan baʼzan xirurgiya amaliyotida ham foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil