Kontent qismiga oʻtish

Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi instituti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi institutiToshkentdagi yirik ilmiy tadqiqotlar markazi. 1959-yil Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutining neft geologiyasi va geokimyosi boʻlimi hamda Butunittifoq Neft geologiyasi va razvedkasi ilmiy tadqiqotlar institutining filiali asosida tashkil etilgan. 1969-yildan Oʻzbekiston Geologiya vazirligi (1991-yildan Geologiya va mineral resurelar davlat qoʻmitasi) tarkibida boʻlgan. 1995-yildan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasida.

Institutdagi barcha ilmiy tadqiqotlar ishlari, asosan, 23 laboratoriya va sektorni birlashtirgan 6 ta bulim: regional geologiya va tektonika, neft va gaz konlari geologiyasi, geofizika, neft va gaz geokimyosi, neft va gazli choʻkindi jinslar formatsiyasi, neft va gaz konlarini parmalash boʻlimlarida olib boriladi. Bulardan tashqari, institut qoshida metodikatajriba partiyasi ham mavjud boʻlib, chu-qur va oʻta chuqur neft konlarini bur-gʻilash texnikasi va texnologiyasi ustida ish olib boradi. Neft-gaz uglevodorodlarining paydo boʻlishi va tarqalish qonuniyatlari ham oʻrganiladi. 1970—71 yillarda SSSRda birinchi boʻlib tabiiy sharoitlarda neft va gaz uglevodorodlarining paydo boʻlishi qonuniyatlari tajribaviy modeli ishlab chiqildi. Institut olimlari tomonidan neft va gaz konlari istiqboliga bagʻishlangan fundamental asarlar, tavsiyanomalar yaratildi. Xorijiy investorlarga Oʻzbekistondagi neft-gaz zaxiralarini ilmiy asoslab berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Institutni tashkil qilishda va uning ilmiy yoʻnalishlarini belgilashda olimlardan O. M. Akramxoʻjayev, A. G. Boboyev, O. A. Rijkov, Sh. D. Davlatov, I.S.Starobinets, A. K. Karimov, U. J. Mamajonov, A. K. Rahimov va boshqa salmokli qissa qoʻshganlar. Institutda 120 ga yaqin ilmiy xodim faoliyat koʻrsatadi (2003). Shulardan 1 akad., 9 fan doktori, 4 professor, 22 fan nomzodi, ular orasida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan neftchi (A. R. Xoʻjayev), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geolog, Davlat mukofoti laureati (A. T. Ibrohimov), faxriy ixtirochi (A. V. Kirshin, Z. S. Ibrohimov), birinchi kon kashfiyotchisi (A. Sh. Ibrohimov) unvonlariga ega boʻlganlar bor. Institut xodimlaridan Oʻ. J. Mamajonov, M. K. Turobovlar burgʻilashda ishlatiladigan yangi (KO-4) eritmani kashf etishdagi xizmatlari uchun Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati boʻldilar (1970).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil