Yavantrop
Qiyofa
(Ngandon Yoki Soloy Odamidan yoʻnaltirildi)
Yavantrop, ngandon yoki soloy odami — qazilma odam, skeleti qoldiqlari (Pta toʻliq boʻlmagan bosh suyagi va 2 ta katta boldir suyagi) 1931— 33 yillarda Yava o.ning Ngandon qishlogʻi yaqinida Solo daryosi qirgʻoqlarida yuqori pleystotsen qatlamlaridan topilgan. Dastlabki geologik yoshi (60—50 ming yil) va ayrim morfologik belgilariga binoan Ya.ni paleoantroplarga kiritilgan. Lekin keyinchalik bosh suyagining tuban tuzilishi belgilariga (koʻz usti boʻrtigʻining qalinligi, bosh miya qutisi hajmining kichik — 1100 sm3boʻlishi va boshqalar) binoan Ya.ni arxantroplar (pitekantroplar)ta mansubligi aniqlandi. Bosh suyagida juda koʻp jarohatlar boʻlishi Ya. orasidagi kannibalizm, "boshni ovlash" va "bosh qutisiga sigʻinish" bilan tushuntiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |