Kontent qismiga oʻtish

Gidroksilamin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nh2ohdan yoʻnaltirildi)

Gidroksilamin, NH2OH -rangsiz kristallar. Mol. m. 33,0298, rombik panjarali, 32"da eriydi, zichligi 1335 kg/m3 (10° da). Gidroksilamin issiqlik taʼsiriga chidamsiz, gigroskopik modda, qizdirilganda (100° dan yu kori da) portlashi mumkin. Parchalanganda ammiak, azot va suv hosil qiladi. Suv, metanol va etanol bilan turli nisbatda aralashadi, lekin efir va benzoldya erimaydi. Gidroksilamin kislotali muhitdagi suvli eritmada barqaror boʻlib, kimyoviy reaksiyalarga oksidlovchi sifatida ham, qaytaruvchi sifatida ham kirisha oladi. Mas, temirni uch valentli birikmalaridan ikki valentli, misni ikki valentli birikmalaridan bir valentli va plutoniyni toʻrt valentli birikmalaridan uch valentli birikmalarigacha qaytara oladi. Havo kislorodi gidroksilaminni sekin NO2 va N2O2 ga oksidlaydi.

Suyuq holdagi gidroksilamin faol oksidlovchilar bilan alangalanib shiddatli, brom, kaliy xromat, kumush nitrat va b. bilan sust reaksiya ga kirishadi. Gidroksilamin tarkibidagi azot va kislorod atomlarida boʻlinmagan elektron juftlari borligi sababli mustahkam (barqaror) komplekslar hosil qiladi. Uning platina va nikel bilan hosil qilgan komplekslari 100° ga chidamli kam gigroskopik moddalardir.

Gidroksilamin kuchli kislotalar bilan gidroksil-ammoniy kationi tutuvchi tuzlar hosil qiladi, bulardan xlorid NH,OHC1, sulfat (NH3OH)2SO4 va perxlorat NH3OHC1O4 lar ahamiyatlidir. Gidroksilamin molekulasidagi vodorod atomlari turli anorganik va organik krldiqlarga almashtirilishi mumkin. Natijada gidroksilaminsulfonatlar, giponitritlar, giponitratlar olish mumkin boʻladi. Sanoatda gidroksilamin platina katalizatori ishtirokida NO ni vodorod bilan qaytarib yoki nitrat kislotani palladiy ishtirokida gidrirlab olinadi. Gidroksilamin va uning tuzlari oksimlar, gidroksim kislotalari va baʼzi b. moddalarni sintez qilishda qoʻllanadi. Gidroksilamin sulfati rangli fotova kinotasmada ochiltirgich (proyavitel) sifatida ishlatiladi. Gidroksilamin perxlorati esa raketa qattiq yoqilgʻisi uchun oksidlovchidir. Gidroksilamin va uning tuzlari zaharli.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil