Kontent qismiga oʻtish

Noʻxatgul

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(No'xatguldan yoʻnaltirildi)

Noʻxatgul (Lathyrus odoratus L.) -dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik sertuk oʻt. Boʻyi 15—60 sm. Poyasi kamshox, bandining uchi jingalak; jingalaklari yordamida boshqa oʻsimliklarga ilashib oʻsadi. Bargi uzun band-li, juft yaprokli. Guli zigomorf, kat-taligi 2—3 sm, rangi oq, pushti, qizil, hidi oʻtkir, uzun gulbandga 1 — 3 tadan oʻrnashgan. Mevasi ingichka (uz. 25–50 mm) sertuk dukkak. Har bir dukkagida 4—6 tadan sharsimon urugʻi bor. Apreldan sovuq tushgunga qadar gullab urugʻlaydi. Asosan, togʻ yon bagʻirlari, daryo oʻzanlari, vodiylar, bahorikor yerlarda oʻsadi. Issiqxonalarda ham yetishtiriladi, avgustda ekilganda yanvarda gullaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil