Kontent qismiga oʻtish

Noʻyon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(No`yonlardan yoʻnaltirildi)

Noʻyon, noʻyonlar (moʻgʻulcha noyon, noyan, noyin — janob, knyaz) — oʻrta ayerlarda Moʻgʻulistondagi oliy tabaqa vakillari. Dastlab (11-asr — 12-asrning 1-yarmi) qad. moʻgʻullarning aslzoda urugʻ boshliqlarini anglatgan, soʻngra (12-asrning 2-yarmida) — choʻl zodagonlarini, urugʻchilik tuzumi yemirilib mulkdorlik munosabatlari shakllanayotgan davrda ajralib chiqqan aslzodalarni bildirgan. Chingizxon imperiyasi tashkil topgunga qadar N.lar oʻzlariga taallukli qavmlarga boshchilik qilgan. Moʻgʻullar davlatipya (13—14-asrlar) N. — chingiziy shahzodalar, tumanboshilar, mingboshilar, yuzboshilar, umuman barcha "oq suyaklar" ("sagan yasun"). N.lar aksariyat hollarda sechan (chechan), bay-an, batur kabi yuqori unvonlarga sazovor etilgan. Etnik tarkrklik sharoi-tida (14—17-asrlar) N. — markazlashgan xon hokimiyatidan mustaqil boʻlgan mulk hokimlari; ular mustaqil tashqi siyosat yurgizib, oʻzlariga qaram aratlarni ekspluatatsiya qilishga toʻla huqukli boʻlganlar. 16—19-asrlarda, aso-san, antroponimning komponentiga aylangan va kishi nomidan keyin kelgan. Manjurlar hukmronligi davrida (17— 20-asr boshi) N. — turli daraja va rut-badagi hokimlar — siyosiy mustaqillikdan mahrum boʻlishgan, biroq oʻzlarining mulqsorlik xuquqlari va imtiyozlarini daxlsiz sakdab qolishgan. 1911 — 19 yillarda N. yana davlat hokimi-yatiga ega boʻlishgan. Xalq inqilobining dastlabki yillaridayoq N. hokimiyatdan chetlatilib, barcha tabaqaviy imtiyozlardan maxrum etilganlar. 1940-yilga kelib Moʻgʻulistonda mulkdorlar sinf sifatida tugatilishi munosabati bilan N. ta-rix sahnasidan tushgan.

Hamidulla Dadaboyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil