Kontent qismiga oʻtish

Oksigemoglobin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(No2dan yoʻnaltirildi)

Oksigemoglobin (oksi va gemoglobin), NO2 — molekulyar gemoglobinning kislorod bilan birikmasi; oʻpkadan toʻqimalarga kislorod yetkazib beradi. Toʻqimalarda oson parchalanadi. Arterial qonning och kizil rangi O.ga bogʻliq. Bunda gemoglobin tarkibiga kiradigan temirning valentligi oʻzgarmaydi. Issiq qonli hayvonlar va odamda kislorodning koʻproq qismi toʻqimalarga O. tarkibida boradi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil