Elyor Nosirov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Elyor Rasulovich Nosirov (1953-yil 22-sentabr, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (2003).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1974-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan. 1974-1987-yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida aktyor sifatida faoliyat olib borgan. Shufterle (Shiller, „Qaroqchilar“) sahnadagi ilk obrazi. Nodir (E. Vohidov, „Oltin devor“), Ilhom (U. Umarbekov, „Shoshma quyosh“), Rahmatilla (Uygʻun, „Ibn Sino“), Iskandar (Navoiy, „Iskandar“), Otello (U. Shekspir, „Otello“), Qoriishkamba (S. Ayniy, „Buxoro“), Mehmonxoʻjayev (R. Bobojon, „Togʻa-jiyanlar“) va boshqa rollarni ijro etgan. Nosirov televizion va videofilmlar, telepostanovkalarda ham rollar ijro etgan („Qirolning dil xushi“, „Vafodor“, „Bahs“, „Bir fojia izidan“, „U Romeo emas“, „Soʻnggi oʻq“, „Xolisxon“, „Koʻngil koʻchalari“, „Neyron operatsiyasi“, „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“ va boshqalar). Nosirov dublyaj sanʼatining yetakchi aktyorlaridan.[1][2]
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2006 | Haqiqiy erkaklar ovi | Ichki ishlar vazirligi xodimi | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |