Kontent qismiga oʻtish

Nubiy tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Nubiy Tilidan yoʻnaltirildi)

Nubiy tili - Nil-Sahroi Kabir tillari makrooilasi tarkibidagi sharqiy sudan tillari tarmogʻiga mansub va Nil vodiysida (Misr va Sudan hududi), Kordofan platosi, Darfur togʻlarida, Atbara daryosi zonasida Tapkalgan til; 2 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. 6—14-asrlarda kad. Nubiyaning rasmiy tili boʻlgan. Nubiy tili nil va togʻ (kordofan, darfur) lahjalariga boʻlinadi. Nubiy tili agglyutinativtil; qad. Nubiy tilida suffiksal soʻz yasalishi ustunlik qilgan boʻlsa, keyinchalik prefiksatsiya rivojlangan. Qad. Nubiy tili lugʻattarkibida misr va grek tillaridan kirgan soʻzlar koʻp boʻlgan, hozirgi Nubiy tilida esa arabcha oʻzlashmalar katta bir qatlamni tashkil etadi. Nubiy tili qadimda (8—11-asrlar) oʻziga xos alifboli yozuvga ega boʻlgan, biroq hozir oʻz yozuviga ega emas.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil