Kontent qismiga oʻtish

New Jersey bayrogʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Nyu-Jersi bayrog'idan yoʻnaltirildi)
Nyu-Jersi bayrogʻi
Mamlakat Nyu-Jersi
Mutanosibligi 2:3
Qabul qilindi 11-mart, 1896-yil (128 yil avval) (1896-03-11)


Nyu-Jersi bayrogʻi (inglizcha: Flag of New Jersey AQShning Nyu-Jersi shtatining rasmiy ramzlaridan biridir. Bayroqning foni sargʻish jigarrang rangda. Bayroqning markazida shtat muhri joylashgan.[1]

Bayroqning tarixi mustaqillik uchun urushga borib taqaladi. 1779-yil 23-martda Kontinental Kongress Bosh qoʻmondonning Nyu-Jersi dengiz piyodalari formalarining rangi va bezaklarini loyihalashtirishiga koʻrsatma berdi. Ushbu koʻrsatmaga binoan, general Jorj Vashington oʻsha yilning 2-oktabrida mayor Eys Gardiner taklifiga binoan[2] formaning asosiy ranglari sifatida sargʻish-jigarrang va toʻq koʻk ranglarni tasdiqladi. Bu ranglar u tomonidan bir vaqtlar Nyu-Jersi ularning koloniyasi boʻlgan Gollandiyaliklar sharafiga tanlangan. 1780-yil 28-fevralda Kontinental ofitserlar kengashi Nyu-Jersidagi barcha polklarda ikkita bayroq, yaʼni Qoʻshma Shtatlar bayrogʻi va foni mundir qismlari rangidan olingan shtat bayrogʻi boʻlishi kerakligi toʻgʻrisida farmon chiqardi. Bayroq Nyu-Jersining rasmiy ramzi sifatida 1896-yil 11-martda shtat qonun chiqaruvchi organi quyi palatasining majlisida rasman qabul qilingan.[3]

2001-yilda Shimoliy Amerika Veksillologiya Assotsiatsiyasi oʻz aʼzolari oʻrtasida AQSh shtatlari, AQSh hududlari va Kanada provinsiyalarining 72 bayrogʻi dizayni boʻyicha soʻrov oʻtkazdi. Nyu-Jersi bayrogʻi 46-oʻrinni egalladi.[4]

Bu davlatning buyuk muhri kumush, diametri ikki yarim dyum va qalinligi bir dyum doiraning sakkizdan uch qismiga oʻyilgan boʻlishi kerak; unda Liberty va Ceres shaxslari boʻlishi kerak. Liberty (ozodlik) maʼbudasi bilan pastdagi lenta ustida turgan holatda qizil qalpoq kiydirilgan olti yulduzli kumushrang tayogʻini qoʻlida olib yuradi; sochlari yelkalariga tushib turadi; dafna barglaridan yasalgan gulchambarnihuddiki boshida toj sifatida koʻrasiz; kiyinish; yengil kumush ipakli yaxtak koʻylak kiygan; oyoqlari sandalda. Ceres: Liberty maʼbudasi bilan bir xil, qizil qalpoqli tayoqni ushlashdan tashqari; chap qoʻlda barglar bilan oʻralgan olma, olxoʻri va uzumli kornukopiyani koʻtarib turadi; boshida bugʻdoyli novdadan yasalgan gulchambar bor. Crest: otning haqiqiy boshi. Maʼbudalarni qoʻllab-quvvatlovchi qalqon ostida uchta toʻlqin yoki burmada bilan chegaralangan zumrad rangdagi oʻram bor; yuqori burmalarda „Ozodlik va farovonlik“ soʻzlari; pastki qavatda arab raqamlari bilan „1776“ raqami yozilgan.

  • Nyu-Jersi muhri
  1. „The NJ State Flag“ (en). New Jersey Legislature. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-yanvar.
  2. „New York (U.S.)“ (en). CRW Flags Inc.. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-yanvar.
  3. „New Jersey State Flag“ (en). The State of New Jersey. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-yanvar.
  4. „NEW MEXICO TOPS STATE/PROVINCIAL FLAGS SURVEY, GEORGIA LOSES BY WIDE MARGIN“ (en). North American Vexillological Association. 2011-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-yanvar.