Oʻktam Salomov
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. (2023-12) |
O'ktam Salomov | |
---|---|
Tavalludi |
1977-yil 20-yanvar Buxoro viloyati |
Taʼlimi | Toshkent Davlat unversiteti |
Faoliyat yillari | Andijon mashinasozlik instituti (2016-2019), Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (2019-2020) rektori, 2020-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari, 2021-yil 14-yanvardan buyon Farg'ona politexnika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda. |
Bolalari | Oilali, 4 nafar farzandning otasi |
Veb-sayti | Telegram[1] Instagram[2] Facebook[3] |
Oʻktam Salomov Rahimovich — Fargʻona politexnika instituti rektori, Fizik, fan doktori.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salomov Oʻktam Raximovich 1977-yil 20-yanvar kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1994-yilda maktabni bitirgach Toshkent Davlat universitetiga oʻqishga qabul qilinadi.
Salomov talabalik yillarida ustozlari rahbarligida fizika fanining sir-asrorlarini chuqur oʻrgangan va 1999-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Issiqlik fizikasi boʻlimi aspiranturasiga qabul qilingan. 2003-2004-yillarda esa ilmiy izlanishlarini Fransiya davlatining Pyer va Mariya Kyuri nomidagi 6-Parij universiteti aspiranturasida davom ettirgan. 2004-yilda shu yerda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2004-2008-yillarda yosh olim Oʻ.R.Salomov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Issiqlik fizikasi boʻlimida kichik ilmiy tadqiqot ishlarida faoliyat koʻrsatgan hamda 2008-2010-yillarda shu yerda u doktoranturani oʻtagan. Doktoranturadan soʻng u 2010-2011-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yangi loyihalar boʻyicha muxandis lavozimida ishlagan.
Ilmiy izlanishlarga boʻlgan ishtiyoq uni 2011-yilda Italiyaning Turin politexnika universiteti doktoranturasiga yetaklagan va 2014-yilda ilmiy izlanishlarini yakunlab, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va unga doktorlik ilmiy darajasi berilgan.
Talabalikdan soʻng, taʼlim sohasidagi muvaffaqiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻ.R.Salomovdagi ilmiy salohiyat, rahbarlarga hos qatʼiyat va ustozlarga hos fazilatlarini sezgan Davlatimiz rahbari uni 2016-yilda Andijon mashinasozlik instituti rektori lavozimiga tayinlagn. Bu dargohda u 2019-yilgacha yoshlarga bilim berish, ilmiy salohiyatni koʻtarish va xalqaro aloqalarni rivojlantirish yoʻlida samarali mehnat qilgan.
2019-2020-yillarda u Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori[4], 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari[5] lavozimlarida ishlagan.
2021-yilning 14-yanvar kunidan boshlab u Fargʻona politexnika instituti rektori lavozimiga tayinlangan[6] va hozirga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.
Oilasi haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻ.A.Salomov katta oilaning boshligʻi, toʻrt nafar farzandning otasi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://t.me/salomov_blog
- ↑ https://www.instagram.com/salomov_blog/
- ↑ https://m.facebook.com/salomovblogs
- ↑ https://kun.uz/uz/36892071?utm_source=uznet.press&utm_medium=topic&utm_campaign=self
- ↑ https://qalampir.uz/uz/news/kirkukda-turkmanlarning-yirik-namoyishi-bolib-otmoqda-22459
- ↑ https://abt.uz/blog/oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirining-birinchi-orinbosari-ishdan-ketdi