Kontent qismiga oʻtish

Oʻlim sahnasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'lim sahnasidan yoʻnaltirildi)
O'lim sahnasi

Anime logatipi
Rejissyor(lar) Yuzuru Tachikava
Ssenariynavis(lar) Yuzuru Tachikava
Bastakor(lar) Kotoro Takana
Studiya(lar) Madxona
Chiqarilgan sanasi 2013-yil, 2-mart
Davomiyligi 25 daqiqa
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tillar yaponcha, inglizcha, ruscha

Oʻlim sahnasi (yaponcha デス・パレード) – ushbu anime ssenariysini yozgan Yuzuru Tachikava unga rejjisorlik ham qilgan boʻlib, anime 2013-yil 2-martda ishlab chiqarilgan. 2015-yilda Yaponiya telekanallarida namoyish etilgan. Anime psixologiya, drama va detektiv janirlarida yaratilgan. Animeni 17 yoshdan kattalar koʻrishi tavsiya etiladi.

Film syujetiga koʻra, vafot etgan odamlarning keyingi taqdirlari beligilanishi uchun, minora ichida joylashtirilgan yuzlab barlarga joʻnatiladi. Bu yerda ularga biriktirilgan barmen sudiya tomonidan yakuniy hukum chiqariladi. Marhumlar bu yerga kelganda oʻzlarini tirik deb hisoblaydi va qanday oʻlganini esalay olishmaydi. Barmen ularga qurʼa tashlash orqali maʼlum oʻyinni tanlashlarini talab qiladi. Oʻyin natijalariga qarab barmen sudya ularga hukum chiqaradi. Bu animedagi bosh qahramon Dekimu, barmen sudyalardan biri boʻlib voqeyalar asosan uning atrofida roʻy beradi. Bir kuni unga yordamchi sifatida Chiyuki ismli qiz barga tashrif buyuradi. U oʻzining kim ekanligi va bu yerga qanday tushib qolganligini eslay olmaydi. Chiyuki bu yerga kelgan er va xotinlarning oʻyin oʻynaganligini va oʻyin daxshatli boʻlganiga guvoh boʻladi. Keyin hamma narsa oydinlashib sirlar oshkor boʻladi. Anime ohrida Chiyukining ham marhum ekanligi maʼlum boʻladi. Boshida Dekimu unga hukum chiqarishga qiynalgani uchun, xotirasi oʻchirilib unga qayta sherik qilib yuborligan boʻladi. Ammo his tuygʻusiz sudaya Dekimu allaqachon Chiyukiga bogʻlanib qolgan edi. Animeda sudya barmenlar his-tuygʻularga ega boʻlmaydilar va har bir sud ishidan keyin xotiralari tozalanadi. Dekimu oʻzi hukum chiqargan marhumlarning keyinchalik qoʻgʻirchoqqa aylanadigan tanalarini olib qolardi. Hukum turli oʻyinlar orqali chiqarilar, oʻyinlar esa boshida hafsiz va oddiydek tuyulsa ham keyinchalik uning qoʻrqinchli sirlari ochilardi. Gap shundagi marhumlarga qurʼada bilyard oʻyini tushsa undagi sharlarga oʻyinchilarning bir azosi bogʻlanar edi. Masalan birinchi raqamli sharga yuragi, keyingisida koʻzi va uchunchisiga buyragi. Shu taqriqa azolar bogʻlangan sharga zarba berilsa, tananing shu joyi ogʻrir edi. Bu oʻyinda marhumlar oʻzlarining ichki qiyofalarini toʻliq ochishar va shu tariqa sudyaga hukum chiqarishga yordam berar edi. Marhumlarning oʻyinda gʻolib yoki magʻlub boʻlishi hukumga taʼsir koʻrsatmasdi. Balki ularning oʻyinda oʻzini tutishi hukum natijasini belgilar edi. Oʻyin ohrida marhumlarni ikki hukumdan biri kutardi, qayta tugʻulish va butunlay yogʻ boʻlib ketish. Hukumlar ularning oʻziga aytilmas edi oʻyin ohrida ular minora liftiga kuzatilar va shu yerda keyingi taqdirlari hal boʻlar edi. Barchasi tugagach esa ulardan faqat manikent koʻrinishidagi qoʻgʻirchoqlari qolar edi.