Kontent qismiga oʻtish

Oʻn ikki maqom

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(O'n Ikki Maqomdan yoʻnaltirildi)

Oʻn ikki maqom, Oʻn ikki maqom tizimi — 13—17-asrlarda Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlari kasbiy musiqa amaliyotida qoʻllangan nazariyamaliy tizim. Us toz musiqachi va olimlarning bastakorlik va xalq ijodiyoti namunalarini muayyan taʼlimot (tasavvuf) asosida maʼnaviy va badiiy yaxlit holga keltirish ustida olib borgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Dastlab Safiuddin alUrmaviy va Qutbiddin Sheroziylarning musiqaga doir asarlarida ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va keyingi asrlarda Xoja Abdulqodir Marogʻiy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobidin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va boshqalar tomonidan ijodiy davom ettirilgan. Ushbu ilmiy anʼanaga koʻra, tizimning tarkibi muayyan darajali pardalar uyushmalari — 12 maqom, 6 ovoza, 24 shoʻʼba, 3 rang va 24 murakkabot kabi guruhlarni oʻz ichiga olgan. Noiniy, Darvishali Changiy va boshqalar mualliflar koʻrsatishicha, 12 maqom guruhi paygʻambarlar [Odam Ato, Nuh, Yaʼqub, Ayyub, Dovud, Sulaymon, Muso, Muhammad (as)]dan qolgan maʼnaviy meros asosida aniqlab olingan hisoblanadi. 12 maqomning serjihat (zohiriybotiniy) maʼnolar bilan yoʻgʻrilgan umumiy va xususiy nomlari boʻlgan. Umumiy nomlari „doira“, „halqa“, „jamʼ“ kabi atalib, ularning mukammallik darajasiga va, ayni paytda, cheksiz samoda mavjud barcha harakatdagi olamlarning oʻzaro bogʻlikdigi va birligi gʻoyasiga ishora etgan. Jumladan, musiqiy risolalarda Oʻn ikki maqomm. pardalari turli (kattakichik) hajmdagi doiralar shaklida ustmaust aks ettirilgan boʻlib, bir (ilk) doiradan keyingi doiralargacha izchil (navbatmanavbat) oʻtilganda ularning boshlangʻich (tayanch) pardalari muntazam ravishda bir bosqichga yuksalib borgan. Natijada yuksalib boruvchi aylanma harakat yuzaga kelgan va u eng kichik doira bilan nihoyasiga yetgan.

Oʻn ikki maqomm.ning xususiy nomlari zanjirida ham tariqat maqomlariga bogʻliq maʼnaviy yuksalish gʻoyasi oʻziga xos tarzda inʼikosini topgan. Bunda 1"Ushshoq" maqomi — yoʻl (tariqat)ga talabgor davrasini, 2 „Navo“ — ularning ishq quyini (navo chekishni), 3"Busalik" (Abu Salik — Ahd otasiga ishora) — oshiqning tariqat yoʻliga kirishga ahd bogʻlanishini anglatadi. Keyingi 7 maqom nomlarida oshiqlarning „yoʻl“ sayrlari va manzillari ulugʻ haj safariga qiyos etilgan. Shunga qoʻra, 4 „Rost“ — toʻgʻri (tariqat) yoʻlini, 5 „Husayniy“ — pirumurshid (yoʻl boshchi)ni, 6 „Hijoz“ — Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara shaharlari joylashgan sarhadyoʻlning asosiy maqsad timsolini, 7 „Rohaviy“ — yoʻl (suluk)ni, 8 „Zangula“ (tuya boʻyniga ilinadigan qoʻngʻiroq) — yoʻldagi karvon timsolini, 9 „Iroq“ va 10 „Isfahon“ — maqsadga yaqin kelishlik maʼnolarida keladi. Zero haj (Hijoz) yoʻlida Iroq mamlakatining bepoyon choʻllaridan oʻtilgan, „Isfahon“ esa ana shu maqsadga yaqin kelishlikni ramz etadi. Soʻngti ikki maqom — 11 „Zirafkand“ (toʻshak, yotish payti) va 12 „Buzurg“ (ulugʻ, buyuk) nomlarida safarbarlik harakati poyoniga yetganligi anglashiladi. Zirafkandning yana bir qoʻshimcha nomi — „Koʻchak“ (kichik) boʻlib, u oʻzidan soʻng kelgan „Buzurg“ (katta) bilan oʻzaro nisbatda soʻfiylarning kichik (inson) va katta olamning oʻzaro birligi, uygʻunligi haqidagi soʻfiyona qarashlarga ishora etilgan. Oʻn ikki maqomm. nomlari tasavvuf adabiyotida ham asosan ulugʻ yoʻl safarini ifodalash uchun qoʻllanib kelingan:Gar Sifohonda Navo topmasang, ey yori Buzurg ,Qilgʻasan azmi Iroq, aylab ohangi Hijoz.

Oʻn ikki maqomm. tizimidan oʻrin olgan ovoza vashoʻʼba guruhlari pardalarining sifat tuzilishi nuqtai nazaridan 12 maqomdan keyingi darajalarni tashkil etadi. Jumladan, shoʻʼbalar guruhida Sharq xalqlari (turk, eron, arab va boshqalar) qadimiy kuyashulalarining ohanglari tovushqatorlar tarzida tasnif etilgan. Ular kasbiy musiqa kesimida mustaqil badiiy qiymatga ega boʻlmagan koʻrinadi. Chunki ular, asosan, ikki (Dugoh, Mubarqaʼ), uch (Segoh, Rakb, Zovuliy) toʻrt (Chorgoh) kabi tarkibi kam sonli nomukammal tovushlar uyushmasidan iborat boʻlgan. Ularni talab (komillik) darajasiga qadar rivojlantirish maqsadida 12 maqomning har biriga ikkitadan shoʻʼba biriktirilgan. Bunda Oʻn ikki maqomm.ning mukammal pardalari musiqiy yoʻl (suluk) oʻrnida namoyon boʻlib, shoʻʼba kuy tuzilmalari esa muayyan maqomning parda bosqichlariga tayangan holda rivojlantirilgan. Mas, ikki pogʻonali Dugoh shoʻʼbasi Husayniy maqomiga, uch pogʻonali Segoh shoʻʼbasi Hijoz maqomiga, toʻrt pogʻonali Chorgoh shoʻʼbasi Zangula maqomi pardalariga bogʻlangan. Oʻn ikki maqomm. tizimining Oʻrta Osiyoda uzilkesil shakllanishi va uning mumtoz koʻrinishlari qaror topishi Amir Temur va Temuriylar davriga toʻgʻri keladi. Mazkur tizimning tarixiy rivojlanishi pirovardida Shashmaqom, Xorazm maqomlari hamda Fargʻona—Toshkenpg maqom yoʻllari yuzaga kelgan.