Kontent qismiga oʻtish

Oʻrta asr

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(O'rta Asrlardan yoʻnaltirildi)

Oʻrta asr, oʻrta asrlar — tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix oraligʻidagi davrni ifodalash uchun qabul qilingan atama. Oʻrta asr tushunchasi XV—XVI asrlarda italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan, fanda XVIII asrdan qaror topgan. Dastlab Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari tarixiga nisbatan ishlatilgan. Oʻrta asrlar V asrdan XVasrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Milodiy 476-yilda gʻarbiy rim imperiyasi qulagandan soʻng oʻrta asrlar boshlangan. Oʻrta asrlar 2 davrga boʻlinadi: ilk oʻrta asrlar va rivojlangan oʻrta asrlarga boʻlinadi. Ilk oʻrta asrlar davri V-XI asrlarni oʻz ichiga oladi. Rivojlangan oʻrta asrlar esa XI-XV asrlarni oʻz ichiga oladi.