Kontent qismiga oʻtish

Oʻrta miya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(O'rta miyadan yoʻnaltirildi)

Oʻrta miya (tezepserpakt) — bosh miyaning oraliq miya bilan Varoliy koʻprigi oʻrtasida joylashgan boʻlagi. Miya oyoqchalari, toʻrt tepalik plastinkasi va oyoqchalar orasida joylashgan miya suv yoʻlidan iborat.

Oʻrta miyaning koʻndalang kesimida 3 qism tafovut qilinadi. 1) tom plastinkasi — toʻrt tepalikni oʻz ichiga olgan miya suv yoʻligacha boʻlgan qism; 2) tomcha — miya suv yoʻli bilan qoramtir moddagacha boʻlgan qism, bu yerda dumaloq shaklli qizil yadro joylashgan; 3) miya oyoqchalarining asosi, u asosan, oq moddadan iborat boʻlib, bosh miyaning poʻstlogʻidan boshlanuvchi efferent oʻtkazuvchi yoʻllardan tashkil topgan. Oyoqchalarining miya suv yoʻli atrofida III va IV juft bosh miya nervlarining somatik va parasimpatik yadrolari joylashgan. Oʻrta miya muskullar tonusini tartibga solib, odam muvozanatini saqlash va yurishda faol qatnashadi. Oʻrta miya jarohatlanganida yoki kasallanganda muskullar kuchli qisqarib, oyoqqoʻllar bukilmay qoladi.

Toʻrt tepalikning ustki doʻmboqcha yadrolari koʻzning toʻr pardasidan impulslar qabul qilib, kerakli javob yuboradi, yaʼni yorugʻlik tomonga boshni burishda qatnashadi. Koʻzga kelayotgan nur yoʻnalishiga qarab koʻz qorachigʻining kengayishi yoki torayishini, koʻz gavharining holatini atrofmuhitni aniq koʻrishga (akkomodatsiya) moslashtiradi. Toʻrt tepalikning pastki doʻmboqchalarida joylashgan yadrolar quloqni tovushga nisbatan moslash, boshni tovush tomonga burish kabi holatlarni idora etadi (yana qarang Bosh miya).