Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston SSR madhiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'zbekiston SSR madhiyasidan yoʻnaltirildi)

 Sovet Ittifoqi/Oʻzbekiston SSR Oʻzbekiston SSR davlat madhiyasi
Soʻz muallif(lar)i T.Fattox, T.Tula, 1947-yil
Bastakor Mutal Burhonov, 1947-yil
Qabul qilindi 1947-yil
Bekor qilindi 10-dekabr 1992-yil
Tashqi videofayllar
Oʻzbekiston SSR davlat madhiyasi

Oʻzbekiston SSR davlat madhiyasi1947-yildan-1992-yilgacha Oʻzbek.SSR milliy madhiyasi boʻlgan. Musiqa avtori — Mutal Burhonov, soʻz muallifi — T.Fattox, T.Tula.

Oʻzbekiston SSR madhiyasi (1947-1992)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kirill yozuvi Lotin yozuvi

Ассалом, рус халқи, буюк оғамиз,
Ассалом, доҳимиз Сталин, жонажон, жонажон!
Озодлик йўлини Сиз кўрсатдингиз,
Советлар элида ўзбек топди шон.

Бўл омон, пахтакор ҳур Ўзбекистон,
Сен Шарқда нурафшон юртим, топ камол,
Советлар байроғи, зафар байроғи —
Доимо бахш этар сенга шон-иқбол.


Серқуёш ўлкада кўрмасдик зиё,
Дарёлар бўйида эдик сувга зор, сувга зор.
Барқ урди чин қуёш — Ленин доҳимиз,
Йўллади Сталин — биз бўлдик бахтиёр.

Бўл омон, пахтакор ҳур Ўзбекистон,
Бадавлат, фаровон юртим, топ камол.
Советлар байроғи, зафар байроғи —
Доимо бахш этар сенга шон-иқбол.


Илму фан нури-ла йўлимиз равшан,
Абадий қардошдир Совет халқлари, халклари.
Босқинчи ёвларни этиб тору-мор,
Борамиз биз янги зафарлар сари.

Бўл омон, пахтакор ҳур Ўзбекистон,
Енгилмас, қаҳрамон юртим, топ камол.
Советлар байроғи, зафар байроғи —
Доимо бахш этар сенга шон-иқбол.

Assalom, Rus xalqi, buyuk ogʻamiz,
Assalom, dohimiz Stalin, jonajon, jonajon!
Ozodlik yoʻlini Siz koʻrsatdingiz,
Sovetlar elida oʻzbek topdi shon.

Boʻl omon, paxtakor hur Oʻzbekiston,
Sen sharkda nurafshon yurtim, top kamol.
Sovetlar bayrogʻi, zafar bayrogʻi —
Doimo baxsh etar senga shon-iqbol.


Serquyosh oʻlkada koʻrmasdik ziyo,
Daryolar boʻyida edik suvga zor, suvga zor.
Barq urdi chin quyosh — Lenin dohimiz,
Yoʻlladi Stalin — biz boʻldik baxtiyor.

Boʻl omon, paxtakor hur Oʻzbekiston,
Badavlat, farovon yurtim, top kamol.
Sovetlar bayrogʻi, zafar bayrogʻi —
Doimo baxsh etar senga shon-iqbol.


Ilmu fan nuri-la yoʻlimiz ravshan,
Abadiy qardoshdir Sovet xalqlari, xalqlari.
Bosqinchi yovlarni etib toru mor,
Boramiz biz yangi zafarlar sari!

Boʻl omon, paxtakor hur Oʻzbekiston,
Yengilmas, qahramon yurtim, top kamol.
Sovetlar bayrogʻi, zafar bayrogʻi —
Doimo baxsh etar senga shon-iqbol.

Kirill yozuvi Lotin yozuvi

Ассалом, Рус халқи, буюк оғамиз,
Барҳаёт доҳиймиз Ленин, жонажон, жонажон!
Озодлик йўлини Сиз кўрсатдингиз,
Советлар юртида Ўзбек топди шон!

Нақарот:
Партия раҳнамо, жон Ўзбекистон,
Серқуёш ўлкасан, обод, баркамол!
Тупроғинг хазина, бахтинг бир жаҳон,
Советлар юртида сенга ёр иқбол!


Серқуёш ўлкада кўрмасдик зиё,
Дарёлар бўйда эдик сувга зор, сувга зор.
Тонг отди, Инқилоб, Ленин раҳнамо,
Раҳнамо Лениндан халқлар миннатдор!

Нақарот

Коммунизм гулбоғи мангу навбаҳор,
Тоабад қардошлик – дўстлик барҳаёт, барҳаёт!
Советлар байроғи ғолиб, барқарор,
Бу байроқ нуридан порлар коинот!

Нақарот

Assalom, Rus xalqi, buyuk ogʻamiz,
Barhayot dohiymiz Lenin, jonajon, jonajon!
Ozodlik yoʻlini Siz koʻrsatdingiz,
Sovetlar yurtida Oʻzbek topdi shon!

Naqarot:
Partiya rahnamo, jon Oʻzbekiston,
Serquyosh oʻlkasan, obod, barkamol!
Tuprogʻing xazina, baxting bir jahon,
Sovetlar yurtida senga yor iqbol!


Serquyosh oʻlkada koʻrmasdik ziyo,
Daryolar boʻyda edik suvga zor, suvga zor.
Tong otdi, Inqilob, Lenin rahnamo,
Rahnamo Lenindan xalqlar minnatdor!

Naqarot

Kommunizm gulbogʻi mangu navbahor,
Toabad qardoshlik – doʻstlik barhayot, barhayot!
Sovetlar bayrogʻi gʻolib, barqaror,
Bu bayroq nuridan porlar koinot!

Naqarot