Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi
рус. Narodno-demokraticheskaya partiya Uzbekistana (NDPU)
Yetakchi Ulugʻbek Inoyatov
Tashkil etilgan 1-noyabr, 1991-yil(1991-11-01)
Shtab kvartiralari Toshkent (Oʻzbekiston)
Gazetasi Oʻzbekiston ovozi
Yoshlar qanoti "Istiqbol"
Ayollar qanoti "Faol ayollar"
Aʼzolari soni 520 000 (2021 yil)
Qonunchilik palatasidagi
oʻrinlar
28 / 120
(I chaqiriq)
32 / 150
(II chaqiriq)
27 / 150
(III chaqiriq)
22 / 150
(IV chaqiriq)
Senatdagi
oʻrinlar
69 / 250
(I chaqiriq)
49 / 250
(II chaqiriq)
Vebsayt xdp.uz
Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi Markaziy kengash apparati ichki foyesi

Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) – Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1991-yil 15-noyabrda roʻyxatga olingan. 2005-yil iyulda partiyaning yangi Dasturi, 2004-yil noyabrda yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlandi. Oʻzbekiston XDP har bir oila, mehnat kishisining millati, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishidan qatʼi nazar, moddiy va maʼnaviy farovon hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va insoniy erkinliklarini kafolatlash, shaʼni, qadr qimmati, tinchligini taʼminlashni oʻz vazifasi deb biladi. Partiya mamlakatimiz aholisining ijtimoiy muhofazaga muhtoj tabaqalari manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi. Oʻzbekiston XDPning oliy organi – 5 yilda 1 marta chaqiriladigan qurultoy. Unda partiya Markaziy kengashi va Markaziy taftish komissiyasi saylanadi. Markaziy kengash plenumida MK birinchi kotibi va kotiblari (yangi tahrirdagi Ustavga muvofiq, MK raisi va rais oʻrinbosarlari) hamda joriy ishlarga rahbarlik qiluvchi Siyosiy ijroiya qoʻmita saylanadi. Oʻzbekiston XDP Markaziy kengashi 1kotiblari: M.Rasulov (1991-94), A.Jalolov (1994-2004); Markaziy Kengash raislari: A. Rustamov (2004-2005), L.Gʻulomov (2005-yil iyuldan). Oʻzbekiston XDP tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 ta viloyat, Toshkent shahri, 171 ta tuman va 29 shahar kengashlari, 13730 ta boshlangʻich tashkilot mavjud. Partiyaning 704 183 nafar aʼzosi bor (2024-yil). Oʻzbekiston XDP faoliyatining asosiy yoʻnalishi parlamentchilik ishidir. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida uning 27 nafar deputatni birlashtiruvchi fraksiyasi mavjud. Fraksiya 2005 yil 14 fevraldagi yigʻilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida uchta siyosiy partiya fraksiyalaridan iborat koʻpchilikni tashkil etuvchi „Demokratik blok“ tuzilganligi munosabati bilan oʻzining parlament quyi palatasidagi faoliyatini muxolifatdagi parlament ozchiligi sifatida amalga oshirishini eʼlon qildi. Oʻzbekiston XDPning markaziy nashri: „Oʻzbekiston ovozi“ gazetasi.

Saylov natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saylovlar Javoblar
1994
69 / 250
1999
49 / 250
2004
28 / 120
2009
32 / 150
2014
27 / 150
2019
22 / 150

Prezident saylovi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Partiya nomzodi %
1991 Islom Karimov 87,10
2000 Abdulhafiz Jalolov 4,17
2007 Asliddin Rustamov 3,27
2015 Hotamjon Ketmonov 2,92
2016 Hotamjon Ketmonov 3,73
2021 Maqsuda Borisova 6,60
2023 Ulugʻbek Inoyatov 4,02

[1]

  1. "Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil