Kontent qismiga oʻtish

Oʻlik tugʻilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O`lik tug`ilishdan yoʻnaltirildi)

Oʻlik tugʻilish — homilaning oʻlik tugʻilishi; homiladorlikning 28haftasidan keyingi davrlarda roʻy beradi, tugʻilgan bola biror marta ham nafas olmay nobud boʻladi; bunda homilaning boʻyi 35 sm va vazni 1000 g dan kam boʻlmaydi. Oʻlik tugʻilishga yashashga layoqatsiz homilaning tugʻilishi (kechikib bola tushishi) kirmaydi (qarang Abort). Bir necha turi farqlanadi: antenatal Oʻlik tugʻilishda homila homiladorlikning 28haftasidan boshlab tugʻruqqacha, intranatalda esa tugʻruq paytida oʻladi. Postnatal Oʻlik tugʻilishda homila yuragi uradiyu, ammo atmosfera havosidan nafas olmay nobud boʻladi. Oʻlik tugʻilish koʻpincha surunkali infeksiyalar (toksoplazmoz, sil, zaxm va boshqalar), shuningdek, homiladorlik davrida oʻtkir infeksion kasalliklar (angina, gripp, pnevmoniya) bilan ogʻrigan ayollarda, homiladorlik toksikozlari, yuraktomir sistemasi yetishmovchiligi oqibatida ona va homila qonining rezusfaktor jihatidan mos kelmasligi va boshqalarda kuzatiladi. Yirik (5 kg dan ortiq) homila, tor chanoq, homila boshining notoʻgʻri yotishi, tugʻruqning notoʻgʻri boshqarilishi va boshqalar ham Oʻlik tugʻilishga sabab boʻlishi mumkin.

Oʻlik tugʻilishning oldini olish uchun homilador ayollar doim vrach nazoratida boʻlishi, Oʻlik tugʻilish xavfi boʻlsa darhol uni aniqlash va oldini olish tadbirlarini amalga oshirish lozim.