Kontent qismiga oʻtish

Oʻgay ota

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻgay Otadan yoʻnaltirildi)

Oʻgay ota — boshqa nikohdan boʻlgan bolaning otasi. Oʻgay ota oʻgay bolalar (oʻgil va qizlar)ga nisbatan shaxsiy huquq va majburiyatlarga ega emas. Oʻgay ota va oʻgay bola (oʻgʻil va qizlar) oʻrtasida hech qanday qarindoshlik fakti mavjud emas. Oila qonunchiligiga koʻra, Oʻgay ota va oʻgay bola oʻrtasida mulkiy huquq hamda majburiyatlar vujudga kelishi mumkin. Agar Oʻgay otaning tarbiyasi va taʼminotidagi voyaga yetmagan bolalar ota-onalari boʻlmasa yoki oʻz ota-onalaridan taʼminot uchun yetarli mablagʻ ololmasalar, Oʻgay ota ularga taʼminot berishga majburdir. Oʻz navbatida, oʻgay bolalar oʻzlarini maʼlum davrda tarbiyalagan yoki taʼminlagan Oʻgay ota mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj boʻlib qolgan taqdirda, uni moddiy jihatdan taʼminlashi kerakligi ham qonunda nazarda tutilgan (Oʻzbekiston Respublikasi OK ning 128-moddasi).