Kontent qismiga oʻtish

Oʻrmon-tundra zonasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻrmon-Tundra Zonasidan yoʻnaltirildi)

Oʻrmon-tundra zonasi — Shimoliy yarim sharning subarktika mintaqasidagi tabiiy zona, janubida moʻʼtadil mintaqaning oʻrmon zonasi bilan shim. dagi tundra zonasi orasida joylashgan. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shim. qismida kengligi 30– 50 km dan 300 – 400 km gacha boʻlgan hududlarni egallaydi. Hududining 25—30% daraxtzor va butazorlardan iborat. Iqlimi ancha keskin. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 10° dan —40° gacha, iyulniki 10° dan 14° gacha. Yogʻin miqdori 200–400 mm, lekin bu miqdor mumkin boʻlgan bugʻlanishdan yuqori, shuning uchun botqoqlik va koʻl koʻp. Gleylashgan podzol va torfligley, torflibotqoq tuproqlari yupqa, organik moddalari juda kam. Daryo vodiylaridagi siyrak oʻrmonlar yer bagʻirlab oʻsadi. Hududining katta qismidan bugʻuchilik uchun yaylov sifatida foydalaniladi, vodiy oʻtloqlaridan pichan oʻriladi.