Kontent qismiga oʻtish

Jungli kitobi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻrmon bolasidan yoʻnaltirildi)
Jungli kitobi

Ilk nashr muqovasi
Asl nomi The Jungle Book
Muallif(lar) Rudyard Kipling
Tarjimon(lar) M. Zokirov
Til inglizcha
Janr(lar)i hikoyalar
Nashr etilgan sanasi 1894
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1990
Sahifalar soni 182
ISBN ISBN 5-633-00703-4
Keyingisi „Ikkinchi jungli kitobi“

„Jungli kitobi“ (inglizcha: The Jungle Book) — ingliz yozuvchisi Rudyard Kipling qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Ilk bor 1894-yil chop etilgan. Asarda va uning davomi boʻlmish „Ikkinchi jungli kitobi“da (1895) junglida boʻrilar katta qilgan Mowgli (talaffuzi: Maugli) ismli bola haqida hikoya qilinadi.

Hikoyalar masal boʻlib, ularda hayvonlar yordamida maʼnaviy saboq beriladi. Asarning asosiy qahramonlari orasida Sher Khan (talaffuzi: Sherxon) ismli sher hamda Baloo (talaffuzi: Balu) ismli ayiqlar bor.

„Jungli kitobi“ asosida bir necha film va multfilm suratga olingan. Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Oʻzbekcha tarjimasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Jungli kitobi“ni oʻzbek tiliga rus tilidan M. Zokirov tarjima qilgan. Kitob oʻzbek tilida shunchaki „Mowgli“ nomi bilan nashr qilingan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asar rasmlarini G. Jirnov chizgan.

  1. „Mowgli“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.