Kontent qismiga oʻtish

Oʻsimliklar kasalliklari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻsimliklar Kasalliklaridan yoʻnaltirildi)

Oʻsimliklar kasalliklari — oʻsimliklarda turli sabablar — kasallik qoʻzgʻatuvchilar hamda noqulay tashqi sharoit taʼsirida yuz beradigan patologik jarayonlar. Bular organizm funksiyasi (fotosintez, nafas olish, oʻstiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar harakati)ning buzilishiga, oʻsimlikning butunlay nobud boʻlishi yoki baʼzi organlarining zararlanishiga olib keladi.

Oʻsimliklar kasalliklari hosilni kamaytirib, sifatini buzadi. Mas, viltning rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan yillari paxta hosili 20—25% ga, baʼzi hududlarda 60—80% gacha kamayishi mumkin.

Oʻsimliklar kasalliklarining 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ular belgilari yoki tiplari (patografik tasnif), zararlangan oʻsimliklar (oʻsimlikshunoslik tasnifi) hamda kasallik qoʻzgʻatuvchi sabablar (etiologik tasnif) boʻyicha guruhlanadi. Etiologik tasnif negizida Oʻsimliklar kasalliklari yuqumsiz va yuqumli kasalliklarga ajraladi.

Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklari, asosan, muhitning abiotik omillari: mineral oziqlanish tartibining buzilishi, xususan, makroelementlar — azot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar — bor, rux, temir, mis, molibdenning yetishmasligi; noqulay suv rejimi (tuproqda namning yetishmasligi yoki ortib ketishi); oʻsimliklarga yuqori yoki past traning taʼsiri, havo va tuproq trasining keskin oʻzgarishi natijasida vujudga keladi. Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklarining kelib chiqishiga havo va tuproqdagi zararli aralashmalar (sulfit angidrid taʼsirida barglarning kuyishi va toʻkilishi); tuproqqa solinadigan baʼzi gerbitsidlar qoddigʻi taʼsiri; noqulay yorugʻliq rejimi (xususan, issiqxonalar va parniklarda yorugʻlikning yetishmasligi, oʻsimliklarning yotib qolishi, xloroz kabilarga sabab boʻlishi mumkin); ionlovchi nurlar (alfa,beta, gamma nurlar, rentgen nurlari, neytronlar); baʼzi zamburugʻlar (Gʻivagsht, Vo1guSh va boshqalar turlar) hamda ayrim yuksak oʻsimliklar tomonidan tuproqqa chiqariladigan toksinlar sabab boʻlishi mumkin.

Yuqumli Oʻsimliklar kasalliklariga oʻsimliklarning virusli kasalliklari (mozaika kasalligining bir qancha turlari, soʻlish, pakanalik, gʻumbaklanish, proliferatsiya — toʻqimalarning oʻsib ketishi); oʻsimliklar bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar (oʻsimliklar raki, bakterial chirishning turli xillari, mevali daraxtlar, tamaki va boshqalarning bakterial kuyish kasalliklari); oʻsimlik zamburugʻli kasalliklari yoki mikofitozlar (oʻsimlik zang kasalliklarining bir qancha turlari, qorakuya, ragʻa, fuzariozlar, chirishlar, sitosporozlar, askoxitozlar va boshqalar) kiradi. Shuningdek, aktinomitsetlar qoʻzgʻatadigan aktinomikozlar, algofitozlar; gelmintofitozlar ham yuqumli Oʻsimliklar kasalliklariga kiradi. Yuqumli kasalliklarga oʻsimliklarning parazit hasharot (entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab boʻlishi mumkin.

Oʻsimliklar kasalliklarining inkubatsion davri qancha davom etishi havo harorati, namligi, oʻsimlikning kasalliklarga chidamliligi yoki moyilligiga bogʻliq (qoʻzgʻatuvchi kasal oʻsimlik ichida yoki tashqarasida koʻpayadi; infeksiya elementlari havo, yomgʻir tomchilari, hasharotlar va boshqalar yoʻllar bilan tarqalib, oʻsimliklarni yoppasiga zararlashi mumkin). Himoya reaksiyalari. Oʻsimlikda kasallik qoʻzgʻatuvchilarga qarshi fermentlar, fitonsidlar faolligi ortadi, hujayra devorlari poʻkaklanadi, zararlangan hujayralar kasallik qoʻzgʻatuvchi bilan birgalikda oʻlik hujayralarga aylanadi va h.q.

Oldini olish tadbirlar i: ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratish, kasalliklarga chidamli navlarni ekish, ilmiy asoslangan urugʻchilik, urugʻlikni dorilash va hokazodan iborat. Davolashda turli kimyoviy preparatlar (insektitsidlar, fungitsidlar, fumigantlar)dan foydalaniladi. Oʻsimliklar kasalliklari qoʻzgʻatuvchilarining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oʻtmasligi uchun karantin qoʻllanadi (qarang Fitopatologiya, Oʻsimliklarni himoya qilish).

  • Serbi nov V. I., Qishloqxoʻjaligi ekinlarining kasalliklari, T., 1964; Grushevoy S.Ye., Selskoxozyaystvennaya fitopatologiya, M., 1965.