Kontent qismiga oʻtish

Hujayra devori

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻsimliklar hujayrasi poʻstidan yoʻnaltirildi)
Oddiy o'simlik hujayrasining tarkibiy qismlari: с - Hujayra devori

Hujayra devori, oʻsimliklar hujayrasi poʻsti (tetgapa se11i1aye) — hujayra membranasi sir-tidagi tuzilma; hujayrani mustahkam qilib turadi; unga shakl beradi; pro-toplastni himoya qiladi. Koʻpchilik oʻsimliklarning Hujayra devori yogʻochlanib, tayanch funksiyasini bajaradigan oʻziga xos oʻsimlik skeletini hosil qiladi. Yuqori molekulali uglevodlar — sel-lyuloza molekulalari Hujayra devorining asosini tashkil etadi. Bu molekulalar murakkab boylam (fibrillalar)ga toʻplanib, Hujayra devori uchun sinch vazifasini bajaradi. Hujayra devori tarkibida gemitsellyuloza, pyoktin boʻladi. Toʻqimaning xiliga qarab, uning hujayrasi devori tarkibida boshqa organik (lignin, kutin, suberin, mum oqsil) va anorganik moddalar (kaltsiy tuzlari, qum) boʻlishi mumkin. Hujayra devorining barcha moddalari, odatda, protoplastda sintez qilinadi. Uglevodlarni, asosan, Golji apparati sintezlaydi. Hujayra devori birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi Hujayra devori yupqa, gemitsellyuloza va pek-tinga boy boʻlib, meristema va oʻsayotgan, baʼzan doimiy hujayralar uchun xos. Birlamchi Hujayra devori matriksida sellyuloza fibrillari tartibsiz oʻrnashgan. Birlamchi Hujayra devorining ayrim qismlari juda yupqa boʻlib, ularda naychalar joylashgan. Naychalar orqali plazmodesmalar (qoʻshni hujay-ralar protoplastlarini tutashtirib turuvchi sitoplazmatik ipchalar) oʻtadi.

Ikkilamchi Hujayra devori, odatda, hujayraning oʻsishi davri oxirida hosil boʻladi va qavat-qavat boʻlib proto-plast tomondan birlamchi Hujayra devori ustida taxlanib turadi. Ikkilamchi Hujayra devorida sellyuloza koʻp; uning fibrillalari kuchli va tartib bilan birmuncha paral-lel joylashadi. Har bir qavatda fib-rillalarning turli yoʻnalishda joylashganligi Hujayra devori mustahkamligini oshiradi. Ikkilamchi Hujayra devorida poralar deb ataladigan tutash boʻlmagan joylar boʻladi.

Bir hujayrali va koʻp hujayrali hayvonlar hujayralarida Hujayra devori boʻlmasligi mumkin. Hayvonlar Hujayra devori xilma-xil boʻlib, tashqi hujayra skeleti (bir hujayralilar pellikulasi, boʻgʻimoyoqlilarning xitin kutikula-si), himoya (tuxumhujayraning koʻp qavatli poʻsti, sista qobigʻi) vazi-fasini bajaradi. Hayvonlar Hujayra devori, asosan, uglevodlar va ularning oqsillar bilan birikmasidan, shuningdek, lipidlar va anorganik moddalardan iborat.